Kalkutta, Kalkatta
Kalkutta, Kalkatta — Hindistondagi shahar, Hugli Daryo- si (Gang daryosining irmog’i) bo’yida. G’arbiy Bengaliya shtatining ma’mu- riy markazi. Mamlakatning eng kat- ta iqtisodiy, savdo-moliya va mada- niy markazlaridan. Aholisi 4,4 mln. kishidan ziyod, katta K.da 11,5 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Katta K. o’zaro tutashib ketgan va Daryo sohili bo’ylab 100 km ga cho’zilgan bir necha o’nlab katta-kichik shaharlardan iborat. Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi K.ning rivojlanishiga im- kon yaratdi. K. — transport yo’llari tuguni, yirik port. K. porti yuk eks- port qilishda 1-o’rinda, import bo’yicha Bombay (Mumbay)dan keyin turadi (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t). Xalqaro aeroport (damdam), metropoli- ten bor. K. sanoati mahsulotining etak- chi tarmog’i — jut sanoati (90% mil- liy va dunyo jut sanoati mahsulotining qariyb yarmini beradi). Katta K.da 100 dan ortiq jut korxonasi bor. Metall- sozlik va mashinasozlik (sanoat usku- nalari, elektronika, kemasozlik va kema remonti, avtomobilsozlik, stanok- sozlik) korxonalari mavjud. Bo’yoqlar, plastmassa, rezina buyumlari, kimyo- farmasevtika preparatlari, o’g’itlar, ip gazlama, trikotaj, oyna, kun poyabzal i. ch., poligrafiya, neft kimyosi hamda oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. K.ga 1686-90 y.larda Angliyaning Ost- Indiya kompaniyasi asos solgan. Shahar kompaniyaning faktoriyasi va Uilyam forti atrofida qurila boshladi. Fort atrofidagi 3 qishloqdan birining nomi b-n K. (Kaligat) deb atalgan. 1757 y. 23 iyulda K.dan shimolrokda joy- lashgan Plessi qishlog’i yonida bo’lib o’tgan jangda inglizlar (800 ingliz askari va 2200 sipohi) Bengaliya navo- bi Siroj ud-Davlaning 68 ming kishi- lik qo’shinini tor-mor etdilar. O’sha jangdan so’ng Hindistonda Britaniya mustamlakachi imperiyasi o’rnatila bosh- ladi, K. esa uning ma’muriy markazi bo’lib qoldi. 1773-1911 y.larda shahar Hindistondagi ingliz mustamlaka ma’- muriyatining eng katta sanoat, savdo, moliya va madaniy markazi edi. 19-a. o’rtalarida K.da choy, to’qimachilik va jut sanoatining yirik f-ka va z-dlari qurildi. 1911 y.da Britaniya Hindistoni poytaxtining Dehliga ko’chirilishi b-n K. o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi. K.da 2 ta un-t (jumladan, Kalkutta universiteti) va b. oliy o’quv yurtla- ri, i. t. muassasalari, Milliy kutub- xona (1912), Hind muzeyi (1814), Vik- toriya muzeyi (1906), botanika bog’i, rasadxona bor. Qal’a (Uilyam forti, 1696-1781) saqlangan. K.ning tarixiy markazi bo’lgan bu qal’a shaharni ikki- ga — hukumat binolari, un-t, hashamatli uy-joylar va sanoat, savdo korxonala- ri, ishchilar mahallalari joylashgan qismlarga bo’lib turadi.