Kalla, bosh
Kalla, bosh — odam gavdasining yuqori va hayvonlar gavdasining oldin- gi qismi; pastki jag’ning ostki cheti va ko’tariluvchi tarmog’i, so’rg’ichsimon o’siquchi, ensa suyagining ko’ndalang joy- lashgan g’adir-budir va tashqi do’mbog’i b-n bo’yin sohasida ajralgan. K.da nerv sistemasining oliy bo’limi, ba’zi se- zuv a’zolari, shuningdek, ovqat hazm qilish va nafas sistemasining oldingi bo’limlari joylashgan. Odam va yuksak hayvonlar K. si kalla suyagidan iborat bo’lib, u miya va yuz qismlaridan tashkil topgan. Unda hayotiy muhim hamda mu- rakkab (insonda tafakkur) vazifalarni bajaradigan bosh miya o’rnashgan. K.da muvozanat a’zolari, endokrin bezlar (q. Ichki sekresiya) — gipofiz, epifiz, shu- ningdek, sezgi, hid biluv, ko’ruv, eshituv a’zolari, ovqat hazm qilish sistemasi- ning boshlanish qismi — og’iz bo’shlig’i (so’lak bezlari, chaynash apparati), yuqori nafas yo’llari, burun bo’shlig’i, ovoz boylamlari va b. joylashgan. Bu a’zo- larning K.da bo’lishi odamning tarixiy rivojlanishi b-n bog’liq. Odamning bosh miyasi juda yaxshi taraqqiy etganligi, odam ikki oyoqda turib, gavdasini tik tu- tadigan bo’lganligi, qo’l mehnat a’zosiga aylanganligi bois K. o’ziga xos anatomic xususiyatlarni kasb etgan (q.Killa suya- gi).