Kanalizatsiya

Kanalizatsiya – 1) aholi yashash manzillari, sanoat korxonalari va boshqa ob’yektlar hududidan oqova suvlarni qabul qilish, to’plash va chetlatish, ularni tozalash va qayta foydalanish yoki suv havzasiga tashlashdan oldin zararsizlantirishni ta’minlaydigan muhandislik inshootlari (quvuro’tkazgichlar, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari) va jihozlar (sanitariya asboblari, quvurlar va boshqalar) majmui; 2) chiqindilar oqadigan quvurlar tizimi. Masalan: ichki chiqindilar quvuri, yomg’ir suvlari oqadigan quvur, uy chiqindilar quvuri, tashqi chiqindilar quvuri, ko’cha chiqindilar quvuri, markazlashtirilgan chiqindilar quvuri va hokazolar.