Karantin begona o’simliklar

Karantin begona o’simliklar— q.x. uchun o’ta xav- fli, muayyan hududda uchramaydigan yoki kam tarqalgan begona o’simliklar. Bu o’simliklar ekinlar hosilini kamayti- radi, ularning ayrim turlari kishilar- ga va chorva mollariga katta ziyon kelti- radi. Q.x.ni begona o’simliklarning ki- rib qolishi va tarqalishidan muhofaza qilish uchun ko’pgina davlatlarda maxsus qonunlar (O’zbekistonda “o’simliklar karantini to’g’risida” qonun 1995 y. 31 avg.da) qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi hududida uchramaydigan va karantin tadbirla- ri qo’llaniladigan .via xavfli begona o’simliklar Tikanli ituzum — Chiziqbargli itu- zum — Karolina ituzumi — uch gulli ituzum — Amerika sassiq kakrasi — Kaliforniya kungaboqari — kiprikli kungaboqar — barg bandli kungaboqar — Tukli kungaboqar — Strigalar — uch bo’lakli ambroziya — kup yillik am- broziya — kam gulli tsenxrus (lantarsi- mon)— qatgiq tukli tikanmeva — Hind eshinomensi — Virginiya eshinomensi — Bidens bipinata — G’arb kassiyasi — Tora kassiyasi — to’pgulli kroton — Jo’vasimon diodiya — Janubiy emeks — Tikanli emeks — hoshiyali sutli o’t — Arrasimon sutli o’t — pechaksimon IPO- meya — yuraksimon bargli jakament o’ti — Pensilvaniya suv murchi — Raymoniya suv murchi — Sesbaniya makrokarpa — Mayda dukkakli sesbaniya — Burchakbarg- li qovoqsimon o’t — tikanli sida —uz- bekistan hududida kam tarqalgan Karan- tin begona o’simliklar Zarpechaklar kakra (pushtirang) Shuvoqbargli ambroziya Cuscuta sp.sp. Acroptilan repens D. L. Ambrosia artimisifolia L. Mamlakatda uchramaydigan K.b.o’. ga qarshi tashqi K. tadbir-choralari ko’riladi, jumladan, chet eldan keltiri- ladigan barcha o’simliklar, urug’lar, tur- li bagajlar va yuklar, shuningdek, ichki K.ga olingan tuman va xo’jaliklardan keltiriladigan yuklar, albatta, tekshi- ruvdan o’tkaziladi. K.b.o’. ga umumiy (q. Begona o’tlar), shuningdek, maxsus qarshi kurash chorala- ri qo’llaniladi: urug’lik xo’jaliklarda urug’lik uchastkalar uchun begona o’tlari yo’q, toza erlar ajratiladi; K.b.o’. o’sgan uchastkalarda esa, ularni gullagunga qadar yo’qotish uchun maxsus agrotexnik, mexanik yoki kimyoviy tadbirlar amal- ga oshiriladi; K.b.o’. urug’i aralashgan urug’lik material alohida binolar- da saqlanadi va tozalanadi; xo’jalik uchun yaroqsiz o’simlik qoldiqlari yo’q qilibtashlanadi; K.b.o’. urug’i aralash- gan urug’lik materiallarini viloyat do- irasida tashish Davlat urug’lik nazorati inspektsiyasidan, chetga chiqarish uchun esa q.x. o’simliklari karantini bo’yicha Davlat inspektsiyasidan berilgan maxsus ruxsatnoma bilangina amalga oshirila- Di. Sulton Alimuhamedov, Pyotr Demen- TeV, Marks Jumaniyozov.