Kardiff
Kardiff — Buyuk Britaniya- dagi shahar, Saut-Glamorgan va Mid- Glamorgan grafligida. Uelsning bosh shahri. Bristol qo’ltig’i sohilidagi port. Aholisi 300 ming kishi (1990-y. lar o’rtalari). Yirik sanoat markazi, transport yo’llari tuguni. 19-a. oxiri — 20-a. boshida mamlakatda chetga ko’mir chiqaradigan (1913 y.da 36 mln. t) eng kat- ta port bo’lgan. K. porti orqali chetdan temir rudasi, xom ashyo, oziq-ovqat kel- tiriladi. K.da qora metallurgiya, mashi- nasozlik (shu jumladan, kema remonti), oziq-ovqat va poligrafiya sanoati korxo- nalari bor. K. — Uels milliy madaniyatining markazi. Me’moriy yodgorliklardan qasr (11-a.), Llandaf sobori (12-15-a.lar), Sent-jon cherkovi (15-a.), ratusha bino- si (1904) va b. saqlangan. Uels milliy muzeyi (1907), Uels xalq muzeyi, un-t (1893), milliy kutubxona bor.