Karolina orollari
Karolina orollari – tinch okeanning g’arbiy qismidagi arxipe- lag, Mikroneziyaaa. Mikroneziya Fede- rativ Shtatlari (Markaziy va Sharqiy Karolina o.lari: Kosrae, Ponpey, Truk, Yap o.lari) va Palau Respublikasi tar- kibiga kiradi. Rasmiy tili — ingliz tili. K. o. 1 -10° sh. k. va 131 — 163° shq. u. oralig’ida joylashgan 936 vulkan oroli va atollardan iborat. Quruqlik qismining mayd. 1320 km2 ga yaqin. Barcha yirik orollari (eng baland joyi 791 m) vulkan harakati natijasida vujudga kel- gan bo’lib, marjon riflari b-n o’ralgan. Fosfat konlari bor. Iqlimi ekvatori- al va subekvatorial iqlim-yillik yog’in 2250 mm dan 3000-4500 mm gacha, Kusais o.da 6000 mm. K. o. — tayfunlar (yili- ga o’rtacha 25 tagacha) vujudga keladigan joy. Vulkan orollarida doim yashil tro- pik o’rmonlar va savannalar bor; Mar- jon orollarida asosan, kokos palmasi va pandanus daraxti o’sadi. Mahalliy aholi tropik dehqonchilik, baliq ovlash va chorvachilik b-n shug’ullanadi. K. o.ni 1528 y.da ispan dengizchisi Saavedra kashf qilgan. Ispaniya qiroli Karl II nomi b-n atalgan.