Kasb-hunar kolleji

Kasb-hunar kolleji – o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurti. O’zbekiston Respublikasida 1997 y. 29 avg.da Kabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy da- sturi” va “ta’lim to’g’risida”gi qonunga muvofiq, umumiy ta’lim maktablari (9-sinf)ni tugatgan o’quvchilar qabul qilinadi. Ta’lim muddati 3 y. K.-h. k. o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bera- Di; o’quvchilarning kasb-hunarga moy- illigi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb- hunar bo’yicha bir mutaxassislik va 2-3 ishchi-kasb malaka ko’nikmalarini egal- lash imkonini yaratadi. K.-h. k.larida ta’lim olish o’quvchilarga o’z bilimla- rini chuqurlashtirish va tanlagan IX- tisosliklariga ega bo’lishni ta’min- laydi. K.-h. k.larida o’quv dasturlari oldingi o’quv bosqichi — umumta’lim maktablari va keyingi pog’onada turgan oliy o’quv yurtlarining o’quv dastur- lari b-n o’zaro mutanosiblikda bo’lib, ta’limning uzluksizlik va izchillik printsipiga amal qiladi. K.-h. k.lari za- monaviy asbob-uskunalar, o’quv-uslubiy qurollar, ko’rgazmali vositalar, axbo- rot texnologiyalari va kompyuterlar b-n jihozlanadi. K.-h. k.larida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikda- gi kichik mutaxassislar tayyorlanadi va ularni tayyorlashda har bir hududning o’ziga xos geografik va demografik shart-sharoitlari va mutaxassislarga bo’lgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olinadi. O’quvchilarga beriladigan i.ch. ta’limi o’quv muassasasining zamonaviy jihozlangan ustaxonalarida va korxo- nalarida i.ch. amaliyoti b-n uzviy bog’liq holda olib boriladi. Shu b-n bir qatorda umumiy bilimlar asoslarini berish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni har tomonlama rivojlantirish va zamon talablariga javob beruvchi mutaxassis bo’lib etishishi uchun beri- layotgan ta’lim milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqil davlatimizga sodiqlik va iftixor tuyg’ulari ruhidagi tarbiya b-n mushtaraklikda amalga oshirila- Di. K.-h. k.larining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namu- nadagi diplomlar beriladi. Budiplom- larta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati b-n shug’ullanish huquqini beradi. 2001/2002 o’quv yili boshida O’zbekistondagi 303 K.-h. k.da 217 mingga yaqin o’quvchi o’qidi.