Kashmiriylar
Kashmiriylar – Hindistondagi xalq. Asosan, Kashmir viloyati {jam- mu va Kashmir shtati)da yashaydi (4 mln. kishi; 1990-y.lar o’rtalari). Ko’pchiligi sunniy musulmonlar, hinduizmga e’tiqod qiluvchilari ham bor. Kashmi- riy tilisa so’zlashadi. Islomga e’tiqod qiluvchilari Arab yozuvidan, hinduizmga mansublari esa nagari yozuvidan foy- dalanadi. K. qadimdan hinduizmga e’tiqod qilib kelgan bo’lib, 16-18-a. larda Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyo hukmdorlari Kashmir uchun olib borgan urushlar davrida Islom dinini qabul qilgan va ko’pchiligi o’zga yurtlardan kelgan musulmonlar b-n chatishib ketgan. Hindistonda Jammu va Kashmir shtati- ning tashkil etilishi (1947) b-n K.ning milliy jipslashuvi jarayoni kuchaygan. K.ning asosiy mashg’uloti — sug’orma dehqonchilik (sholi, jo’xori, bug’doy, arpa, paxta, za’faron, moyli o’simliklar, mevali daraxtlar, poliz ekinlari, gullar), chorvachilik (asosan, yungidan mashhur Kashmiriy matolar to’qiladigan qo’y va echkilar) va an’ana- viy hunarmandchilik (nafis jun shali – lar tayyorlash, tukli gilamlar to’qish, guldor namatlar bosish, papemashe, mis va emaldan turli buyumlar yasash, yog’och o’ymakorligi). K.ning turar joylari tosh, g’isht va yog’ochdan qurilgan bo’lib, ularning 1-qavati chorva va ro’zg’or buyum- lari saqlash uchun, 2-hamda 3-qavatlari yashash uchun mo’ljallangan. Uylarning tomlari baland, cherepisa, poxol yoki yupqa taxtalar b-n yopilgan. K.ning an’- anaviy liboslari diniy e’tiqodlari taqozosiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, hinduizmga e’tiqod qiluvchi K. musulmon K.ga nisbatan ancha tor va serbezak kiyimlar kiyadi.