KATAGENEZ
KATAGENEZ (Yun. kata — yuqoridan quyiga bo’ladigan harakatni bildiradi- gan qo’shimcha va … genez) 1) biologiyada organizmlarning soddalashgan ekologik muhitga o’tishi tufayli morfofizio- logik tuzilishining pasayishiga, bir qancha organlar va organlar sistemasi- ning dezintegrasiyasi va reduktsiyasiga olib keluvchi regressiv evolyusiya. K.ga misol qilib organizmlarning o’troq yoki parazit yashashga utishi tufayli ular tu- zilishining o’zgarishini ko’rsatish mum- kin. K. termini regressiv evolyusiyaning morfologik o’zgarishlarini emas, balki ekologik va genetik tomonlarini ham o’z ichiga olishi b-n katamorfozdyan farq qiladi. 2) geologiyada — cho’kindi tog’ jinslari hosil bo’lgandan so’ng diage- nez natijasida va ularning metamorfik tog’jinsiga aylanishiga qadar kimyoviy- mineralogik shakllanish bosqichi (yana q. Litogenez). K. terminini rus olimi A. E. Fersman (1922) tavsiya etgan. K.da tog’jinslari kuchli zichlanadi, ikki- lamchi minerallar hosil bo’ladi, mod- dalar qayta kristallanadi. K. tektonik harakatlar natijasida tog’jinslarining chuqurlikka cho’kishidan hosil bo’ladigan bosim va t-raning ko’tarilishidan sodir bo’ladi. K. qonuniyatlarini bilish ama- liyotda katta ahamiyatga ega. Mas, cho’kindi qatlamlarning neftga istiqbolini baholashda, qazilma ko’mirlar, noruda qurilish materiallari va b.ning xusu- siyatlarini bashorat qilishda K.ning ahamiyati katta. Xorijiy adabiyotlarda K. o’rnida “diagenezning kechki bosqichi” iborasi qo’llaniladi.