Katta havza

Katta havza – AQShning g’arbidagi tog’lik. G’arbdan Serra-Ne- vada, Kaskad tog’lari va sharkdan qoyali tog’lar oralig’idagi berk hududlarni o’z ichiga olgan. Mayd. 500 ming km2 dan ko’proq. Qisqa tizmalar (bal. 3000 m gacha) va o’zaro tutash keng soylik (havza) lar bor. Relefi kaynozoyda, zamini to- kembriy-mezozoyda shakllangan. Kayno- zoyda vulkanlar otilib turgan. Soyli- klarning ko’pchiligi tektonik yo’l b-n Vu- judga kelgan va tosh, qum-gil qatlamlari b-n to’lib qolgan. Mis, molibden, poli- metall, simob, kaliy tuzi va b. foydali qazilma konlari bor. Iqlimi keskin kontinental, katta qismida subtropik, shim.da mo”tadil iqlim. Yoz issiq, bu- lutsiz, qish sovuqroq, tez-tez tuman bo’lib turadi. Iyulning o’rtacha t-rasi 20-22°, yanv.niki — 0-2°. Yillik o’rtacha yog’in 200 mm, ayrim soyliklarda 100 mm, tog’larning g’arbiy yon bag’rida 500 mm. Eng katta daryosi — Gumboldt. Yirik ko’llari: katta sho’r ko’l, Pira- midalar ko’li, sevir, yuta. Suv ta’mi- notida artezian quduqlar muhim rol o’ynaydi. Qo’ng’ir, bo’z tuproqlar, sho’rxok va sho’rtoblar, tog’-qo’ng’ir tuproqlari ko’proq. Hududining katta qismi chala cho’l. Boshoqlilar, kaktus, agava o’sadi. Seryog’in tog’yon bag’irlari qarag’ay-archa o’rmonlari b-n qoplangan. Hayvonlardan sudralib yuruvchilar ko’proq. Suv bor joylarda dehqonchilik qilinadi.