Katta oila
Katta oila, katta patriarxal oila, oila jamoasi — oilaning tarixiy shakllaridan biri. K.o. ota tomondan qarindoshlik, urug’-aymoqlikka asoslan- gan, bir necha og’a-ini, ularning xotinla- ri, o’g’illari, kelinlari, erga tegmagan qizlari, nabiralari (3 yoki undan ortiq avlod) hisobiga 20-30, ayrim joylar- da 100 dan ortiq kishilardan tashkil topgan xo’jalik guruhidir. Oilaning bu shakli O’zbekistonning Xorazm viloyati- da “katta oila”, Qashqadaryo viloyatida “bir qozon”, “katta ro’zg’or”, Zarafshon vodiysida “ota uyi”, yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida “katta ota uyi” nomla- ri b-n yuritiladi. Tarixiy manbalarga ko’ra, K.o. turli davrlarda jahondagi deyarli barcha xalqlarda mavjud bo’lgan. O’rta Osiyoda mil. AV. 1-ming yillik- da vujudga kelib, mil. AV. 7-3-a.lar- da keng tarqalgan va milod boshlarida mustaqil qaror topgan. K.o. rivojlanish bosqichi shaharlarda va taraniy etgan hududlarda milodning dastlabki ming yilligi o’rtalarida, ko’chmanchi aholi yashagan mintaqalarda esa 10-12-a.larga to’g’ri keladi. K.o. ning iqtisodiy asosi- ni oila ixtiyoridagi i.ch. vositalari: er, chorva mollari tashkil qilgan. Oila a’- zolari tomonidan yaratilgan barcha boy- liklar, daromadlar o’rtada bo’lgan. Shu- ningdek, iste’mol sohasida ham K.o.ning barcha a’zolari teng qatnashgan. K.o. ayni paytda sodda i.ch. birlashmasi bo’lgan. K.o. o’troqlarda — katta binolarda, ko’chmanchilarda — o’tov-kapalarda yasha- gan va oiladagi har bir er-xotin uchun ma’lum joy ajratib berilgan. Oila a’- zolari o’rtasidagi munosabat patriarxal xarakterda bo’lgan. Yoshi eng ulug’ (ayrim oilalarda obro’li va tadbirkor) kishi oila boshlig’i hisoblangan. U oilaning xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qilgan. Oilaning ichki ro’zg’or ishlari oila boshlig’ining yordamchisi hisoblangan katta ayol (ko’pincha oila boshlig’ining xotini) tomonidan boshqarilgan. O’g’illar yoshiga qarab na- VBAT b-n uylantirilgan (aholining ko’pchiligi o’z urug’idan qiz olib, o’z urug’iga qiz uzatganlar). Kelin tushi- rishda to’lanadigan qalin ham oilaning umummulkidan berilgan. Bundam oila- larda nikohning levirat va sororat shak- llari ham mavjud bo’lgan. Oila jamoasi ichida K.o. xo’jalik yuritishda chetdan tirikchilik vositalari sotib olmay va chetga hech narsa sotmay tirikchilik o’tkazishga harakat qilgan. Savdo-sotiq va tovar i.ch.ning vujudga kelishi b-n K.o.lar ham bozor uchun mahsulot (mas, Qorako’l teri, jun, gilam, chakmon va h.k.) ishlab chiqara boshlagan. Oila jamoa- sining ayrim a’zolari uchun chetdan pul topish, yollanib ishlash imkoniyati pay- do bo’lgan. Shunday qilib, oilada ayrim kishilarga tegishli shaxsiy mulk paydo bo’lib, ko’payib borgan. Xususiy mulk- chilik, shaxsiy mulkning ortishi (yoki boshqa xususiy sabablar, mas, ocharchilik, vabo, oila boshlig’ining vafoti kabi sa- bablar) natijasida, K.o. tarqalib keta boshlaydi. K.o. o’rniga kichik oilalar Vu- judga keladi. Lekin, dehqonchilik, chor- vachilik, hunarmandchilik va b. xo’jalik shakllari o’rtasidagi iqtisodiy rivoj- lanish darajasining turlicha bo’lishi sababli K.o. kichik oila b-n bir qatorda uzoq davr yashab keldi (uning qoldiqlari elat, to’p, qoraqalpoqlarda koshe, toji- Klarda qavm deb atalgan). O’rta Osiyoga tovar-pul munosabat- larining kirib kelishi K.o.ni Emi- ra borib, natijada individual kichik oila, oilaning asosiy va keng tarqalgan shakli bo’lib qoldi (yana q. Kichik oila, Nikoh, Oila). Ad.: To l s to v SP., Drevniy Xorezm, M., 1948; Kislyakov N. A., Ocherki po istorii Semi i braka u narodov Sred- ney Azii i Kazaxstana, L., 1969; shani- Yazov K., Uzbeki — karluki; Bo’riev o., Shoymar-donov I ., Nasriddinov K., Uz- bek oilasi tarixidan, T., 1995.