Kattaqo’rg’on

Kattaqo’rg’on — Samarqand VI- loyatidagi shahar. Zarafshon vodiysi- da, Narpay kanalining chap sohilida, 485 m balandlikda. Kattaqo’rg’on tuma- ni hududida, t.y. stantsiyasi. Samarqand sh.dan 88 km shim.-g’arbda. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -2°, iyulniki 27,2°. Yil- lik yog’in 282 mm. Aholisi 76,3 ming kishi (2002). Ko’pgina arxeologik qazilmalar qad. K.ning boy madaniyatidan darak bera – Di. 1908 y.da o’tkazilgan arxeologik qazishmalar vaktida ossuariy (sopol to- but)lar topiladi. Ossuariylarda odam suyaklari va dafn marosimlaridagi Di- niy urf odatlarni tasvirlovchi rasmlar saqlanib kolgan. 1958 y.da K.dan 7 km G’arbdagi kondan yog’och sandiq qoldiqlari chiqdi. Sandiqning mis bezaklarida qad. shahar madaniyatini aks ettiruvchi rasm- larni ko’rish mumkin. Jezdan ishlan- gan qorachiroq va ayollar taqinchoqlari topilgan. Makedoniyalik Iskandar Samarqandni vayron qilgandan keyin, K. ancha muddat Sug’dning siyosiy marka- zi bo’lib turgan. K.dan bir oz g’arbrokda qad. madaniyat o’chog’i bo’lgan Rabin- jon sh. qoldiqlari aniqlandi. 12-a.da uni Xorazmshoh el Arslon egallagan. Hozirgi K. (eski shahar qismi) 17-a. ning so’nggi choragida barpo etilgan. 18-a.da K. ancha katta shahar bo’lgan (170 ga joyni egallab, 25 guzarga bo’lingan). Shahar paxsa devor b-n o’ralib, 4 darvo- zasi bo’lgan. Masjidlar va diniy MAK- tablar faoliyat ko’rsatgan. Aholi g’isht pishirish, kunjut va paxta yog’lari i.ch., paxta tozalash, zargarlik, kosibchilik va b. hunarlar b-n shug’ullangan. K. adabiy muhitiga mansub shoirlardan Shavqiy, Nodim, Xiromiy. Eshonxoja Vola, Mi- riy, Vidodiy, dust va b. ijod qilgan. Q.ni rus bosqinchilari egallagunga ka- Dar (1868) shahar Buxoro amirligi ta- sarrufida bo’lgan. 19-a. oxirida Krasno- vodsk (hoz. Turkmanistondagi Turkman- boshi sh.)— Samarqand t.y. qurilishi b-n shahar sanoati rivojlana boshladi. 1890 y. bug’dvigateli b-n ishlaydigan paxta tozalash va 1896 y. Pressli yog’z-dlari ishga tushdi. K.da yog’-moy, go’sht, sut-moy, non, un k-tlari, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqaradigan “Paxtamash” z-Di, g’isht, paxta tozalash z-dlari, meva kon- servalash, qandolatchilik, mahalliy sa- noat korxonalari, ohak, mebel, badiiy kulolchilik tsexlari, madaniy, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Shaharda bir qancha qurilish tash- kilotlari, avtokorxonalar, 18 umumiy ta’lim, musiqa maktablari, pedago- gika, tijorat va tibbiyot kollejla- ri, transport, kasb-hunar va milliy hunarmandchilik liseylari, teatr, 6 madaniyat uyi, klublar, 15 kutubxona, madaniyat va istirohat bog’i, muzey, ka- salxona, tug’ruqxona, poliklinika va dorixonalar xizmat ko’rsatmokda. K.dan Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Zarafshon vodiysining boshqa shaharlari, Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istonga avtobuslar qatnab turibdi. Toshkent — Nukus, Andijon — Dushanba temir yo’l yo’nalishlari shahar orqali o’tadi. K. yaqinida Kattaqo’rg’on suv ombori qurilgan.