Kauchuk

Kauchuk (tupi tilida “Kau” — da- raxt va “uchu” — oqmoq) — rezina va re- zina buyumlari tayyorlashda ishlatiladi- gan elastik material. Tabiiy va sun’iy (sintetik) xillarga bo’linadi. Tabiiy K. — asosan, Braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi — la- teks va kauchukli daraxtlardan olinadi. Olingan lateks kayta ishlanib, xom — texnik K. hosil qilinadi. Uning tarki- bida 93-94% K., 2,4—2,9% oqsil, 0,3% kul, 0,3% kand moddalari va 2,5—3% smola bor. Toza tabiiy K. yuqori mole- kulali to’yinmagan uglevodorod, tarkibi (S5N8)p. Mol. m. 150 mingdan 500 ming- gacha boradi, zanjirining uz. 10000— 40000 A, ko’ndalang kesimi 1,5—3 A gacha. Tabiiy K. molekulasining bu kattaligi va shakli uning eng muhim xususiyati ela- stikligini ko’rsatadi. Tabiiy K. yog’va aromatik uglevodorodlarda va ularning hosilalarida, mas, benzin, benzol, xlo- roformlarda erib, yopishqoq eritma elim hosil qiladi. Tabiiy K. to’yinmagan bi- rikma bo’lgani uchun vodorod, galogenlar, oltingugurt va kislorod b-n reaktsiyaga kirishadi. Natijada uning eruvchanligi, mustahkamligi, elastikligi va b. fizik, mexanik xossalari o’zgaradi. Xom K. ol- tingugurt b-n reaktsiyaga kirishib yuqori sifatli rezinaga (q. Vulkanizasiya) ay- lanadi. Tabiiy K., odatda, amorf holatda bo’ladi, lekin vaqt o’tishi b-n kristalla- nishi mumkin. Yuqori elastikligi, suv va gaz o’tkazmasligi, elektroizolyasion xususiyati va emiruvchi muhitlarga chi- damliligi tufayli K. texnika va tur- mushda ko’p ishlatiladi. Indoneziya, Ma- layziya, Tailand, Hindiston, Xitoy, Shri Lanka va Vetnamda tabiiy K. ko’p ishlab chiqariladi. Sintetik K. — sun’iy yo’l b-n rezina olinadigan yuqori polimer material (elastomer). Sintetik K. turli birikmalarni polimerlab va sopolimer- lab olinadi. Suyuq K.lar, ularning suv- dagi dispersiyasi (sintetik latekslar), shuningdek, polimerlanish jarayonida yog’, qorakuya va b. to’ldiruvchilar qo’llab olinadigan K. ham sintetik K.dir ba’zi sintetik K.larni olishda uglevodorod- larning bifunktsional hosilalarini polikondensatlash usuli qo’llaniladi. Sintetik K. olish 2 asosiy jarayon: mo- nomer (kauchogen)lar tayyorlash va ularni polimerlash yoki polikondensatlashdan iborat. Butadien, stirol, izopren, xlor- pren, izobutilen, akrilonitril (vinil tsianid) va b. kauchogenlar sifatida ish- latiladi. Kauchogenlarning o’zi esa neft krekingi gazi, tabiiy va yo’lakay gazlar, etil spirtidan olinadi. Kauchogenlar- ni polimerlash jarayonida monomerlar katalizator (mas, natriy metali) ishti- rokida (monomerning o’zi yoki eritmasi, suvli emulsiyasi) qizdiriladi. Poli- merlashda emulsiya polimer suspenziya- ga, ya’ni sintetik lateksga aylangach, KoA- gulyasiyalanadi. Ajralib chiqqan K. yuvib quritiladi. Hoz. sintetik K.ning 20 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Bulardan butadien K., butadiennitrilakril K., butil K.ning sanoatdagi ahamiyati katta. Sintetik K.ning ko’p turlari tabiiy K. singari vulkanizasiyalanib, yuqori ela- stik yoki qattiq materialga aylanadi. Asosi kremniy, uglerod, kislorod atom- lari zanjiridan iborat. K.ka o’xshash elastik materiallar (issiqqa chidamli silikon K., q. Kremniyorganik birikma- lar) yoki uglerod va oltingugurt atomla- ridan iborat polisulfid K., polifos- fonitrilxlorid, polidixlorfosfezen va ayrim polixlorvinil smolalar ham sintetik K.ka kiradi. Sintetik K. yog va b. organik moddalarga (mas, butadi- en – nitril kauchuklar), issiq va sovuqqa (mas, kremniy organik kauchuklar) chidam- li bo’lishi kerak. Ba’zi sintetik K.lar texnik xos- salari (mas, issiqqa, erituvchilarga, emiruvchi muhitlarga va ishqalanishga, yorug’lik va ozon ta’siriga chidamlili- gi, gaz o’tkazmasligi va b.)ga ko’ra, ta- biiy K.dan afzal. Sinetik K.lardan 50 mingga yaqin nomda mahsulotlar ishlab chiqariladi. Birinchi sintetik K.ni 1879 y. G. Busharda (Frantsiya) olgan; sa- noat miqyosida i.ch.ni S.V.Lebedev (Ros- siya) 1932 y.da yo’lga qo’ydi. Sintetik K. olish iklim va geografik sharoitlarga bog’liq bo’lmaganligi, mehnat unumdor- ligining yuqoriligi va arzon xom ashyo bazasining mavjudligi tufayli kata iktisodiy foyda beradi. K. shina, Amor- tizatorlar, elimlar, sanitariya-gigiena mahsulotlari va b. ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Jahon miqyosida har yili 16,5 mln.t K. (4,5 mln.t tabiiy va 12 mln.t sintetik K.) ishlab chiqariladi. Ad,: Dogadkin B.A., Donsov K.A., Shershne v V.A., Ximiya elastomerov, 2 izd., M., 1981; Sinteticheskiy kauchuk, 2 izd., L., 1983. Nig’mat Ashurov.