Kavsharlash
Kavsharlash — qattiq Mate- riallar (po’lat, cho’yan, shisha, sopol va b.) ni eritilgan kavshar b-n birikti- rish. K. jarayonida erigan kavshar bu- Yumning qismlari orasidagi oraliqni (tirqishni) to’ldiradi va soviganda qotib tutash kavsharlangan chok hosil bo’ladi. Payvandlashyaan farqi K.da kav- shar b-n biriktiriladigan buyumning qirralari eritilmaydi. Kavsharlana- digan sirtlar kir va zangdan yaxshilab tozalanadi, tozalangan joyga flyus sur- kaladi. Flyus sifatida rux xlorid, alyu- miniy xlorid, kanifol, borat kislota, bura va b. ishlatiladi. Ba’zan, birikti- rishni engillashtirish uchun K.dan ol- din kavsharlanadigan joy qalaylanadi (oqartiriladi). Metallmas material- larni K.da, oldin ularning sirtlari maxsus moddalar b-n metallanib, so’ngra kimyoviy faol metallar (mas., titan, tsirkoniy, xrom) dan iborat bo’lgan kav- sharlar b-n yoki odatdagi kavsharlar b-n biriktiriladi. Materiallar kavshar- lar b-n birga elektr pechlarda, kavshar- lagichlar, gaz gorelkalari, infraqizil hamda lazer nurlari va b. yordamida qizdiriladi. Kavsharlagich b-n K.da AV- val kavsharlagich kavsharlash lampasi yoki elektr toki b-n qizdiriladi. Kavsharla- gich ning qizigan uchi kavsharga tekkazil- sa, kavshar erib, kavsharlagichga yopishib chiqadi, uchokka surkaladi. Suyuq kavshar chokni to’ldiradi va tez qotadi. Kav- sharlagich b-n ishlash unumsiz bo’lgani uchun sanoatda avtomatlashtirilgan K. mashinalari qo’llaniladi. Vaznsizlik holatida K.ning istiqboli katta. K. AV- tomobilsozlik, asbobsozlik, elektro- Nika, radiotexnika va b.da qo’llaniladi.