Kayoniylar, kavilar
Kayoniylar, kavilar — O’rta Osiyo va Xursonda mil. AV. 9-8-a.larda yuzaga kelgan davlat uyushmalarida hukmronlik qilgan qad. podsholik sulolasi. Avesto kitobidagi an’ana xronologik jihatdan mil.AV. 11— 8-a.lar orasiga mavhum tarzda ishorat qiladi. K. sulolasiga af- Sona sifatida hamda O’rta Osiyoda ilk temir asriga oid tarixiy haqiqat deb qarashlar mavjud. K. haqidagi xabar- lar 2 xil talqinga ega: 1) zardushtiylik ta’limotiga asoslangan diniy talqin (Avesto kitobidagi kavilar avval ta’- limot dushmanlari, keyinroq esa uning homiylari. Mac, Kavi Vishtasp); 2) epic badiiy talqin. Bu yo’nalish K.larning afsonalash-tirilishiga olib kelgan (“Xvadaynamak”, “Shohnoma”). Sulola o’z nomini kohinlar tabaqasi Kavi (“shoir- kohin”) dan olgan. Katta K. soni manba- larda 3-8 tagacha (Kavi Kavad-Kayqubod, Kavi Usan, Kavi Xosrava-Kayxusrav) uchraydi. Shuningdek, Apivaxa, Arshan, Pishinax, Biyarshan, Siyavarshan-Siyo- vushlarni ham o’z ichiga oladi. Kichik K.ga Aurvataspa (Luhrosp) va Kavi Vishtaspa (ba’zan uning 2 ukasi — Spentodata va Zarivaray) kiritilgan. K.ning asosiy mashg’uloti — Afrosiyob boshchiligida- gi ularga dushman Turon qabilalari b-n urushish bo’lgan. Jahonda zardushtiylik dinining tarqalishi kichik K. davrida bo’lgan deb hisoblanadi. “Shohnoma”ga ko’ra, K. — Eronning buyuk shoxla- ri, ammo ularning qudrati va harbiy yutuqlari ashaddiy ma’jusiy, so’ngra zardushtiylik dushmani Rustamta bog’liq bo’lgan. K.ning hukmronlik qilgan erla- ri turlicha ko’rsatiladi: Avestoda afso- naviy ko’llar, daryolar (Vorukasha, Day- Tya, Chaychasta), afsonaviy tog’lar (er- zifya, Xariti va b.) atrofi, Hilmand Daryo havzasi va Drang’ianadagi xamun ko’li atrofida deb ko’rsatiladi. Musul – mon mualliflar manbalarida ba’zi- lari Balx (qadimda Baqtriya poytaxti) boshqalari (Ma’sudiy, Beruniy) K.ni Yangi Bobil podsholigi hukmdorlari (mil. AV. 7-6-a.lar) b-n bog’laydilar. Bu kabi ma’lumotlar K. haqidagi rivoyat va hikoyatlar afsonaga aylanish davrla- rida chalkashliklarga uchragan, Avestoda salbiy ma’noda ham uchraydi. Bu holni zardushtiylik diniy islohotlaridan oldingi davrlar b-n bog’lash mumkin. Zardushtning Ahuramazda haqidagi xushxabarini dastlab K. rad etishgan. Shu taassurot izlari Avestoda salbiy munosabat kabi namoyon bo’lgan. Ave- stoning keyingi qatlamlarida esa ijo- biylasha boradi. Ular adolat, diyonat kurashchilariga “aylana boradilar”. Mirsodiq Ishoqov.