KAYVON
KAYVON — ayvonga kiraverishda, bosh tarzining o’rtasida shipi balandroq qilib ko’tarilgan qism. Ustalar ta’biricha, falakdagi eng baland yulduz saturn (Zuhal)ning mahalliy nomi “Kayvon” deb atalgan. Kayvonli ayvonlar binoni serhasham, salobatli qilib ko’rsatadi.