Kechkemet

Kechkemet — Vengriyaning markaziy qismidagi shahar. Bach-Kishkun medesining ma’muriy markazi. Dunay va Tisa daryolari oralig’ida. Aholisi 105 ming kishi (1997). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, qishloq xo’jalik mashinasozligi, radiotexnika, stanoksozlik), poyabzal, yog’ochsozlik, oziq-ovqat (vinochilik, meva va sabzavot konservalash, spirt-araq, un tortish) sanoati korxonalari mavjud; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jalik ilmiy tadqiqot instituti bor. An’anaviy qishloq xo’jalik yarmarkalari o’tkaziladi.