KEYNS JON MEYNARD

KEYNS JON MEYNARD (1882-1946) – ingliz iqtisodchisi, iqtisodiyotning davlat tomonidan tartiblanishi nazariyasi asoschisi. Uning asosiy g’oyalari “Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi” asarida o’z aksini topgan. Uning fikricha, bozor bir qator kamchiliklarga ega va davlat ulami bartaraf etishi zarur. U davlat o’zining iqtisodiy siyosati yordamida jami talab va jami taklifni o’zaro muvofiqlashtirishi, iqtisodiyotni tanazzul holatidan chiqarishi va keyinchalik barqarorlikni ta’minlashi zarur deb hisoblagan. Birinchi marta jami talab va jami taklif, milliy daromad, jamg’arish, investitsiyalash kabi kattaliklarning o’zaro harakatini tahlil qilgan. Nazariy jihatdan iqtisodiyot nazariyasining yangi makroiqtisodiyot bo’limi vujudga kelishiga sabab bo’Igan. Amaliy jihatdan esa Ikkinchi jahon urushidan so’ng uning g’oyalari AQSh va G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagi hukumatlar olib borgan siyosatning asosini tashkil etgan. Milliy daromad, kapital mablag’, ish bilan bandlik, iste’mol, jamg’arish va boshqa iqtisodiy miqdorlarning tahliliga alohida e’tibor berdi. “Boshqariladigan kapitalizrn’ning tarafdori bo’ldi, turli yo’nalishlari mavjud. A. Marshallning do’sti, marksizmning ashaddiy dushmani, “Aralash iqtisodiyot’ ning otasi va “Iqtisodiy jurnaTning muharriri hisoblanadi.