Kibela
Kibela — frigiyaliklar ma’budasi. Tabiatning ishlab chiqaruvchi kuchlari timsoli hisoblangan hamda “Buyuk ona” yoki “Ma’budlar onasi” deb ulug’langan. Kibelaga e’tiqod qilish kichik Osiyo, Yunoniston, Italiya, keyin butun Rim imperiyasiga tarqaldi (miloddan avvalgi 204 yildan Rimda Kibelaga sig’inish davlat tomonidan belgilandi). Kohinlar Kibelaga sig’inishni turli marosimlar (o’z-o’zini qiynash, qurbonlik qoniga yuvinish, o’zini o’zi bichish) bilan birga o’tkazishgan.