Kidonlar, kidanlar, qtoylar

Kidonlar, kidanlar, qtoylar — mo’g’ullar tarkibidagi qabila. Qadimda Ichki Mo’g’uliston va Mo’g’u-Liston jumhuriyati hududida ko’chib yurgan. 4-a.dan manbalarda K. nomi uchraydi. 907 y. qabila boshlig’i ela-Bug’a o’zini imperator deb e’lon qilgan, qo’shni qabilalarni bo’ysundirib, sal-tanatni G’arb va shim.ga qarab kengaytirgan. 926 y. sharkda Boxap podsholigi (o’nga shim- Sharqiy Manjuriya, shim. Quriya va b. kirgan)ni bo’ysundirgan. 947 y. K. sal- tanati Byuu Lyao, 983 y. Kidanlarning Buyuk davlati, 1066 y.dan yana Buyuk Lyao deb atalgan. U Sharqiy Osiyoda Yapon den- gizidan Sharqiy Turkistongacha cho’zilgan qudratli davlat bo’lgan. 1005 y. Buyuk Lyao Xitoyni engib, har yili o’lpon to’lashga majbur qilgan. 11-a. oxiridan Buyuk Lyao tanazzulga uchrab, 1125 y. chjurchjenlar tomonidan tugatilgan. K.ning bir qismi G’arbiy Turkistonga qorakidonlar (q. Qoraxitoylar) nomi b-n ko’chibo’tgan. K.ning 2 xil yozuvi bo’lgan. K. nomidan Xitoyning ruscha atamasi (Kitay) kelib chiqqan bo’lib, u mo’g’ul va turkiy xalqlar orqali ruslarga o’tgan.