Kigali

Kigali — Ruanda poytaxti. Kiga- li prefekturasining ma’muriy markazi. Mamlakatning Markaziy qismida joy – lashgan. Aholisi 400 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Iyul va avg. oyla- ri quruq mavsumli ekvatorial mussonli iqim, o’rtacha oylik t-ra 20-21°; yillik yog’in 1000 mm dan ortiq. K. — mamlakatning savdo va sanoat markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yo’llari tuguni. Shosse yo’llari orqali Uganda, burunli va tan- zaniya davlatlari b-n bog’langan. Oziq- ovqat (kofe, choyni qayta ishlash, pivo pishirish, alkogolsiz ichimliklar tay- yorlash), ko’n poyabzal va to’qimachilik (ip gazlama) sanoati korxonalari; mebel, gugurt f-kalari; metallkonstruktsiyalar z-Di, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shahar atrofida kofe, choy planta- tsiyalari; qalay eritish korxonasi joy- lashgan. K. 1898 y.dan Germaniya rezidenti- ning Ruandadagi qarorgohi bo’lgan. 1908 y.da qarbiy post tuzilgan. 1922 y.dan Belgiyaning Ruanda-urundi mandatida- gi, 1946 y.dan vasiyligidagi hududining ma’muriy markazi. 1962 y.dan mustaqil Ruanda poytaxti.