Kil

Kil — GFRdagi shahar va port, Boltiq dengizidan kil kanaliga kiraverishda, Shlezving-Golshteyn reining ma’muriy markazi. Aholisi 237 ming kishi (1998). Transport yo’llarining muhim tuguni. Kemasozlik, aniq mexaniqa va optika, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Baliq qayta ishlanadi. Kil 13-asrdan ma’lum; 1242 yildan shahar. Universitet (1665), ilmiy markazlar bor.