Kim ir sen
Kim ir sen (taxallusi; koreys- cha “ko’tarilayotgan Quyosh” ma’nosida, haqiqiy ismi kim son Chju) (1912.15.4 —Mangende qishlog’i, Pxenyan sh. yaqinida — 1994.8.7, Pxenyan) — Koreya siyosiy arbobi. Koreya mehnat partiya- si (KMP) MK Bosh kotibi (1966 y.dan, 1949-66 y.larda KMP MK raisi), KXDR Prezidenta (1972 y.dan). Qishloq o’qituvchisi oilasida tug’ilgan. Bu oila 1920 (yoki bir yil avval) Xitoyga, man- chjuriyaga ko’chib bordi. K. I. S bu erda yashirin marksistik to’garakka kirdi, bir necha oy qamoqda yotdi. Ozodlikka chiqqach, yapon bosqinchilariga qarshi kurashish maqsadida partizan otryadlaridan biri- ga qo’shildi. 1932 y.dan keyingi hayoti butunlay partiyaviy-siyosiy ishlar b-n bog’liqdir. KXDRda saqlanib kelayotgan bir partiyali tizimda K. I. S shaxsiga sig’inish avj olgan. U “chuchxe”— o’ziga xoslik g’oyalari asosida qurilgan “er yuzidagi jannat” (koreys tipidagi sosi- alizm) deb atalmish jamiyatning bunyod- kori sifatida ulug’langan. Jasadi Pxe- Nyan sh.dagi “Kimsusan” maqbarasiga qo’yilgan.