Kimberlit

Kimberlit (JARdagi Kimberli sh. nomidan) — effuziv ko’rinishdagi o’ta asosli brekchiyasimon tog’jinsi. Aso- san, portlash trubkasi shaklida uchraydi. Ko’pincha, piropli peridotitlardan, ba’- zan piropli olivinitlar va piroksenit- lardan tarkib topgan. Rangi ko’kimtir va yashilroq tusli qora. K.da 2 xil o’zga jins bo’lakchalari (ksenolit) uchray- Di. Birinchisi, juda chuqurlikdan olib chiqilgan o’taasos va asosli tog’jinslari (pirop — olivinli giperbazitlar, eklo- git va b.), ikkinchisi, er pusti jinslari (granit, kristalli slanes, qumtosh va b.). Mineral tarkibidagi olivin va flogo- pit yirik kristallar, piroksen, Perov- Skit, magnetit va pirop mayda Kristal- lar holida uchraydi. Pirop olmosning genetik yo’ldoshi, shuning uchun asosiy alomati hisoblanadi. Olmos o’zga jins bo’laklari va minerallarida ham bo’ladi. K. trubkalari portlashdan paydo bo’lib, katta chuqurlikdan olib chiqilgan (gi- pabissal) mahsulot b-n to’lgan bo’ladi. Trubkalar o’lchami bir necha m2 dan ming m2 gacha tomir, dayka ko’rinishida uchray- Di. Olmos pirop b-n birga yuqori bo- Simda chuqurlikda hosil bo’ladi. K.ning mineral va kimyoviy tarkibi har xil. K.ning nurashi tufayli sochilma olmos konlari vujudga keladi. K. qad. platformalarda tarqalgan. Shuningdek, geosinklinallarda ham uch- raydi, 1500 dan ortiq K. trubkalari ma’lum. Shulardan 10% da olmos bor. Olmosli K., asosan, JAR va RF (sa- xa-Yakutiya)da uchraydi. Shim. Amerika, Hindiston, Braziliya, Kongo Demokratik Respublikasida ham topilgan.