KIMIRAKQUM
KIMIRAKQUM — Zarafshon da- ryosi quyi oqimining Jan.-g’arbidagi qumli cho’l. Buxoro viloyatining Qorako’l va Jondor tumanlari hududida. K. Amu- daryoning o’ng sohilidan boshlanib, shim. da qurib qolgan Mohondaryo o’zanigacha davom etadi. Sharkda Buxoro va Qorako’l vohalariga tutashadi. Zarafshon daryosi- ning qad. deltasida joylashgan. Rele- Fi murakkab. Balandligi Jan.-g’arbda 100-105 m, shim.da 203— 226 m. Eol qumlarining barxanli va marzali shak- llari uchraydi. Barxanlarning nisbiy bal. 2-7 m, do’ng qumniki — 2— 5 m. O’tmishda cho’ldagi buta va yarim buta- larni o’tin sifatida qirqish, tartib- siz mol boqishhududning qum bosishiga sabab bo’lgan. Endilikda harakatdagi qumlarni mustahkamlash natijasida qum ko’chishi bir qadar kamayib bormoqda. K.ni bir necha quruq o’zanlar (Zaraf- shon daryosi tarmoqlari), Mohondaryo va Gurdush sharkdan g’arbga kesib o’tgan. Ulardan vohaning tashlama suvlarini Amudaryoga oqizishda foydalanilmokda (Shim. va Porsonko’l tashlamalari). Zo- vur suvlarining to’planishi natijasida Sho’rko’l, Qoraqir, Sho’rxok, Madonko’l vujudga keldi, Zamonbobo ko’li suv b-n to’ldi. Qumdan xoli joylarda yalang qumoqli, pastqamliklarda taqirli, toshloqli, balandroq hududlarda bo’z- qo’ng’ir tuproqlar, botiqroq joy- larda sho’rxoklar vujudga kelgan. Sho’rxoklarning katta maydonlari Mohondaryo vodiysida. Tuproklarning xususiyatlariga mos ravishda turli cho’l o’simliklari tarqalgan. Qumliklarda oq saksovul, cherkez, juzg’un, qo’ng’irbosh, Iloq va b., sho’rxoklarda bir yillik sho’ralar, yulg’un, vohaga tutash joylar- dagi tuproqlarda qora saksovul, yulg’un o’sadi.