Kimmeriylar

Kimmeriylar (ossuriycha gimirrai— xalq; Yun. kimmerioi) — qad. ko’chmanchi qabilalar Ittifoqi. Eron podsholari yozuvlarining Akkadcha vari- anti K.ni Turkiston (hoz. O’zbekiston) ning g’arbida yashagan saklar deb tushun- tiradi. Ular O’kuz (Amudaryo)ning shim. da yashashgan. Ossuriya manbalari K.ning 3 dohiysi: Teushpa, Tugdamme (Yun. Ligdamis) va Sandaksatra nomlarini keltirgan. Mil. AV. 700 y.da K. Rossiya- ning Jan.ga bostirib kirishgan. Gero- dot va b. tarixchilarning yozishicha, K. Qora Kimmeriylar. Klazomen (Ioniya) dan topilgan sarqofadagi tasvir (mil. AV. 6-a.) dengizning shim. Sohillaridan Frakiyagacha bo’lgan hududda yashagan va bu erlardan skiflar tomonidan quvib chiqarilgan, biroq yunon tarixchi va geograflari ko’pincha K. b-n skiflarni (ular qabiladosh bo’lgani uchun) chalkash- tirib yozishgan. Mil. AV. 7-a.da bu erdan Kichik Osiyoga o’tib Frigiyani (taxm. 675) va Lidiyaning poytaxti Sardi (652) ni, taxm. mil. AV. 623 y. Kiaksarning Mi- diya podsholigini zabt etganlar. Mil. AV. taxm. 600 y. K.ni Lidiya podshosi Aliatt tor-mor keltirgan. Keyinchalik Kichik Osiyodagi mahalliy aholi b-n aralashib ketgan. K.dan qolgan moddiy madaniyat yodgorliklarini arxeologlar, odatda, ka- takomba madaniyati b-n bog’laydi.