Kimyoviy kinetika

Kimyoviy kinetika (Yun. Kinetikos — harakatlanuvchi), kimyoviy reaktsiyalar kinetikasi — fizik kimyo- ning kimyoviy reaktsiyalarni vaqt mo- baynida kechadigan jarayon sifatida o’rganadigan bo’limi. Bu jarayon mexaniz- mi uni amalga oshiradigan sharoitlarga bog’liq. K.k. kimyoviy reaktsiyalarning tezligi, yo’nalishi, o’tkazish sharoitlari orasidagi o’zaro bog’liqlik qonuniyatlari va ularga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qiladi. Murakkab kimyoviy reak – tsiyalar mexanizmini o’rganish kechayotgan jarayon qanday elementar bosqichlardan iboratligini va bu bosqichlar o’zaro qay tarzda bog’liqligini, qanday oraliq mahsulotlar hosil bo’lishini va b.ni aniqlashga imkon beradi. K.k. elemen- tar reaktsiyalarni faol zarrachalar (er- kin atomlar va radikallar, ionlar va ion radikallar, ta’sirlangan mole- kulalar va b.) ishtirokida o’rganadi. Molekulalar va kimyoviy bog’lar tuzi- lishini kinetik tadqiq qilish natija- laridan foydalanib K.k. molekulalar reagentlarining tuzilishi hamda ular- ning reaktsiyaga kirishish krbiliyatini aniqlaydi. K.k.ning faol to’qnashish va faol kompleks nazariyalari mavjud. Faol to’qnashish nazariyasiga ko’ra, kimyo- viy o’zgarish bo’lishi uchun to’qnashuvchi molekulalarning energiya zahirasi ma’- lum minimumdan kam bo’lmasligi shart. Bunday molekulalar faol molekulalar deyiladi. Bu na-zariyaning matematik ifodasi: K= =Ae~E/yu(Arrenius tengla- masi); K—tezlik konstantasi (yoki so- lishtirma tezlik); R — universal gaz doimiysi; T — absolyut t-ra; E — aktiv- lanish energiyasi — aktiv molekulalar energiyasi zahirasining yig’ishshsi; A — proportsionallik. Aktiv kompleks nazariyasiga muvofiq, AV+sa -” S+V ko’rinishida reaktsiya borayotgan bo’lsa, A—V bog’i darhol uzilmaydi va A—S bog’i ham darhol hosil bo’lmaydi. AV va S mod- dalari bir-biriga yaqinlashganda A—V bir-biridan uzoqlashadi va A—S bir- biriga yaqinlashib boradi. Ma’lum bir paytda ABC kompleksi vujudga keladi. So’ng aktiv kompleks parchalanib, reak- tsiya mahsulotlariga aylanadi. Bu nazariya aktivlanish energiyasining mohiyatini tushuntirib beradi va reaktsiyalar (hozircha oddiy reaktsiyalar)ning tezligi- ni nazariy hisoblash yo’lini ko’rsatadi. Yuqorida bayon etilgan 2 nazariya bir- biriga zid emas, balki bir-birini to’ldiradi. Kinetik tad-qiqotlar kimyo fanining mustaqil bo’limlari (kataliz, fotokimyo, plazmakimyo, radiokimyo, elek- trokimyosh b.)ga muhim tarkibiy qism bo’lib kiradi. K.k. o’z tadqiqotlari va nazariy umumlashmalarida matematika, kibernetika, atom va molekulyar fizika, kvant kimyosi, spektroskopiya, analitik kimyo va b.ning yutuqlaridan foydala- nadi. K.k.ning kinetik ma’lumotlari va nazariy kontsepsiyalari atmosfera va gidrosferaning ekologik modellarini tuzishda, koinotda sodir bo’ladigan ja- rayonlarni tahlil qilishda qo’llaniladi. Ma’ruf Musaev.