Kindiy, Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq
Kindiy, Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq (taxm. 800, Basra — taxm. 870, Bag’dod) — Arab faylasufi. Sharq aristoteliz- mi asoschilaridan. Mu’taziliylar b-n yaqin aloqada bo’lgan. Xalifa Mutavak- kil (847-861)ning rasionalistlar b-n kurashi vaqtida kuvg’inga uchragan. Yunon mutafakkirlarining risolalarini Arab tiliga tarjima qilgan, Aristotelning “Kategoriyalar”, “ikkinchi analitika”, Evklidning “unsurlar” va Ptolemey- ning “Almagest” asarlariga sharhlar yozgan. K. fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh, u abadiy mavjud, yagona. Tabi-at- dagi narsalar o’zaro sababiy bog’langan, ular 4 unsur — olov, suv, havo va tuprok- dan iborat. K. 5 ta substantsiya — fazo, vaqt, materiya, shakl va harakatning mav- judligi haqida, dunyoni bilish mumkin- ligi xaqida fikr yuritdi. K. asarlari- ning aksariyati bizgacha etib kelmagan, faqat 29 risolasi topilgan, ularning ko’pchiligi riyoziyot, mantiq, falsafa va b. fanlarga bag’ishlangan. K.ning falsa- fiy qarashlari keyingi davrlarda Sharq mutafakkirlari dunyoqarashiga, o’rta asr Evropa falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. Muhim asarlari: “aql haqida”, “jon haqida mulohaza”, “ash’- yolarning ta’rifi va bayoni”, “beshta substantsiya haqida kitob” va b. Ad.: Jonmatova X. A., Al-Kindiy (hayoti va ijodi), T., 1967.