Kioto
Kioto — Yaponiyadagi shahar. Xon- Syu o.da, Kioto prefekturasining ma’- muriy markazi. Aholisi 1,46 mln. Kishi (1995). K. 792-794 y.larda qurilgan va 1192 y.gacha Xeyan deb atalgan. 1868 y.gacha mamlakatning rasmiy poytaxti va yapon imperatorlarining qarorgohi, muhim savdo shahri bo’lgan. K. — transport yo’llari tuguni. Kema qatnaydigan kanal orqali Biva ko’li b-n bog’langan. Mamla- katning muhim iqtisodiy, madaniy, ta- rixiy va diniy markazi. Mashinasozlik (asosan, elektr mashinasozligi va q.x. mashinalari i.ch.) va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. To’qimachilik (ta- biiy va sun’iy ipakdan shoyi to’qish), tikuvchilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, oyna-keramika sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda shoyi to’qish, chinni va bronzadan badiiy buyumlar, diniy ma- rosim ashyolari tayyorlashning qad. Mar- kazi. Yaponlarning kad. budda ibodatxo- nalari, muqaddas joylar, saroylar, bog’ ko’p. K.da Yaponiyadagi 2 ta eng qad. un-t, med. akademiyasi, amaliy san’at o’quv yurti, kutubxonalar, muzeylar, botaniqa bog’i bor. Xalqaro turizm markazlari- dan. Me’moriy yodgorliklardan Todzi ibodatxonasi (8-17-a.lar), Sayxodzi (14-a.), Tenryudzi (14-a.), Ryoandzi (15-a.) monastirlari, imperator saroyi maj- muasi (1799 y. da qayta tiklangan) va b. saqlangan. Ular me’morlikdagi yangi yo’nalish asosida o’ziga xos milliy US- lubda, ichki bezagida yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikdan foydalanib barpo etilgan. Zamonaviy inshootlardan “Kioto kaykan” shahar madaniyat markazi, xalqaro majlislar zali va b. qurilgan. K. yaqinida Uidzida Feniks ibodatxona- si joylashgan.