Kir II Buyuk, Kurush, Kirauava-uxsh
Kir II Buyuk, Kurush, Kirauava-uxsh (? — mil. AV. 530) — qad. Eron shohi (mil. AV. 558-530). Axomaniylar sulo- lasidan. Mil. AV. 558 y. Midiyaga tobe fors qabilalari ittifoqini boshqargan va 553 y. qo’zg’olon ko’tarib Midiya taxti- ni eg’allagan (mil. AV. 550) va Midiya pod- sholarining rasmiy unvonlarini qabul qilib, bu b-n Axomaniylar sulolasiga asos solgan. Shundan so’ng Parfiyani, 546 y. esa Lidiya va kichik Osiyodagi yunon davlatlarini bosib olgan. 545-539 y.larda dra-ng’iyona, Marg’iyona, Xorazm, Sug’diyona, Baqtriya, Areyya, Gedrosiya, xaumavarg saklari yashaydigan hududni, Sattagidiya, Araxosiya va Gandxarani istilo qilgan. 539 y. K. II qo’shinlari Bobiyann bosib olgan. Bobildan g’arbda, Misr chegaralarigacha joylashgan mam- lakatlar forslarga o’z ixtiyorlari b-n bo’ysunishgan. K. II Bobil, Ossuriya, Elam va Iudeya (Yahudiya)dagi ibodatxonalarni, shuningdek, Bobil sh. devorini tiklagan. Bobil shoxlari tomonidan Mesopotami- yaga zo’rlab ko’chirilgan xalqlarga K. II o’z yurtlariga qaytishlariga ruxsat bergan. Bobil podshoh qarorgohlaridan biriga aylangan va K. II “Bobil podshohi, mam- lakatlar shohi” unvonini olgan. 530 y. iyulida K. II O’rta Osiyodagi massagetlar ustiga yurish qilgan, birok, To’maris rahbarlik qilgan massagetlar b-n bo’lgan jangda uning qo’shini butkul tor-mor keltirilib, K. II halok bo’lgan. K. II ob- razi qad. Sharq va antik adabiyotda chuqur iz qoldirgan. Mas, Ksenofontnit “Ki- ropediya” asari o’nga bag’ishlangan. Xalq og’zaki ijodining ba’zi namu- nalarida K. Pni kayoniylar sulolasi- ga mansub Kayxusrav b-n chalkashtirish hollari ham uchraydi. Ad.: Gerodot, Istoriya v devyati kni- gax, L., 1972.