Kiribati

Kiribati (Kiribati), Kiribati Re- spublikasi (Republic of Kiribati) — tinch okeanning g’arbiy qismida, Gilbert, Fe- Niks, layn o.lari va banaba o.da joy- lashgan davlat. Mayd. 810,6 km2. Aholisi 94,149 ming kishi (2001). Ma’muriy- hududiy jixatdan 6 okrugga bo’linadi. Poytaxti — Bairiki sh. Davlat tuzumi. K. — Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlikka kiradi. Amaldagi kon- stitusiyasi 1979 y.da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig’i president (1994 y. okt.dan Teburaro Tito). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis palatasi (parlament) amalga oshiradi. Parlament deputatlari aholi tomonidan 4 y. mud- datga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Tabiati. Orollar marjonlardan hosil bo’lgan. Iqlimi — ekvatori- al, issiq va sernam. Ba’zi Jan. Orol- larda qurg’oqchilik xam bo’lib turadi. O’rtacha oylik t-ra 24°-31°. Tabiiy o’simliklari — asosan, butalar. Aholisining aksariyati, asosan, mi- kroneziyalik kiribatilar (96%); Tuvalu- anlar, banabanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili, birok, barcha aholi to’ngaru (Kiribati) tilida so’zlashadi. Dindorlar — xristianlar. Tarixi. K. hududi (Gilbert o.lari) ni ispanlar 1606 y.da o’zlashtira bosh- lagan. 18-a.ning 60-80-y.larida Orol- larni inglizlardan D. Bayron, D. Gil- Bert va D. Marshall tadqiq qildi. Rus den-gizchisi A. Kruzenshtern orollarga Gilbert nomini berdi (inglizcha Gilbert nomini mikronezlar K. tarzida talaf- fuz qiladilar). 1892-1915 y.larda K. Tuvalu (Ellis o.lari) b-n birga Buyuk Britaniya protektorata, so’ngra mustam- lakasi bo’lgan. 2-jahon urushi yil- larida Yaponiya bosib oldi (1941-43 y.larda). Urushdan keyin yana inglizlar hukmronligi tiklandi. Aholining siyo- siy huquklar va mustaqillik yo’lidagi ko’rashi Britaniya ma’murlarini K. mu- stamlaka boshqaruvi tizimini bir necha bor isloh qilishga majbur etdi. 1972 i.ga qadar orollar G’arbiy Okeaniyadagi ingliz oliy komissari (rezident-komis- sar) tomonidan boshqarildi, so’ngra mu- stamlaka gubernatori lavozimi joriy etildi. 1975 y.da Ellis o.lari K.dan AJ- ralib chikdi. 1977 y. 1 yanv.da K.ga ichki o’z- o’zini boshqarish xuquqi berildi. 1979 y. 12 iyulda mustaqillik e’lon qilindi. K. 1999 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 12 iyul — Mustaqillik kuni (1979). Siyosiy partiyasi va kasaba uyushmasi. Milliy taraqqiyparvar partiya. K. Kasa- ba uyushmalari Kongressi, 1982 i. tashkil etilgan va 12 tarmoq kasaba uyushmalari- ni birlashtiradi. Xo’jaligi. Iqtisodiyotining asosi — q.x. Kokos palmasi, Taro, banan, non daraxti o’sadi. Meva va sabzavot etishti- riladi. Baliqchilik rivojlangan. Sano- ati mayda hunarmandchilik korxonalari- dan iborat; ular kokos yog’i, mebel, esda- lik sovg’alari ishlab chiqaradi, balik, to’zlaydi. Orollarga yiliga 1,5 ming sayyoh kelib ketadi. Ta-RaVa atollida dengiz porti bor. Avtomobil yo’llari o’z. — 640 km (Taravada). Eksport tushum- larining 75% kopra (kokos yong’og’ining mag’zi) sotishdan olinadi. Chetdan oziq- ovqat, yoqilg’i, sanoat mollari, trans- port vositalari sotib olinadi. Savdo- sotiqdagi asosiy mijozlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya. Pul birligi — Avstraliya dollari. Tara- vada texnologiya in-ti, ped. kolleji va dengizchilik maktabi bor. Ingliz va ki- Ribati tillarida “Te Uekera” haftalik gaz. va mahalliy tilda “Te Iton ni Ki- Ribati” hamda “Te Kaotan te ota” oyno- malari nashr etiladi. K. radiosi (1954 y.dan) va televideniesi mavjud.