Kitob tumani

Kitob tumani – Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.- sharqida. 1926 y. sent.da tashkil etil- gan. 1962 y. 24.dek.da Shahrisabz tuma- ni b-n birlashtirilgan. 1968 y. 25 dek. da qayta to’zildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand vilo- yati va Tojikiston b-n chegaradosh. Mayd. 1,75 ming km2. Aholisi 178,9 ming kishi (2000). K.t.da 1 shahar (kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yig’ini (Bektemir, Beshterak, Bog’bon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, To’pchoq, Qaynarbuloq, Katorbog’, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — kitob sh. Tuman hududidan katta O’zbekiston trakti o’tgan. Taxtaqoracha dovoni (bal. 1788 m) esa respublika janubini shim. viloyat- lar b-n bog’laydi. Tabiati. Hududining katta qismini shim. va Sharqiy chegaralar bo’ylab cho’zilgan baland Hisor va Zarafshon tog’lari (4000 m) egallagan. Baland tog’lar tuman hududini sovuq havo oqimidan to’sib turgani uchun tuman iqlimi vilo- yatda eng mo”tadil. O’rtacha t-ra yanv. Da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga o’rtacha 545 mm yog’in to’shadi. Yog’inning 85% ba-hor va qish fasllariga to’g’ri keladi. Tuman hududidan Kashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib o’tadi. Tuprog’i Shahrisabz-Kitob botig’ida tipik bo’z, Daryo bo’yida Allyuvi- al bo’z, tog’larda qo’ng’ir tuproq. Efemer o’simliklar hamma joyda uchraydi. Suv bo’ylarida qamish, yulg’un o’sadi. Tog’yon bag’irlarida archa, bodom, do’lana, olma, tol, yong’oq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar o’rmon hosil qilgan. Tog’yon bag’irlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, bo’ri, chiyabo’ri, bo’rsiq, ayiq, qobon, tog’echkisi, arxar; sudraluv- chilar; kaklik, chil, bulbul va b. yashaydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar; tojik, rus, tatar va b. ham yashaydi. Axrli- ning o’rtacha zichligi 1 km2 ga 102 kishi. Shaharliklar 34,9 ming kishi, qishloq aholisi 144 ming kishi (2000). Xo’jaligi. K.t. qadimdan muhim savdo yo’llarining ustida joy- lashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj- langan hududlaridan biri bo’lgan. Tu- man xo’jaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Q.x.da sug’oriladigan erlar 18,7 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga erga paxta, 10,1 ming ga erga don ekinlari, qolgan er- larga sabzavot-poliz, kartoshka, em- xashak ekinlari ekiladi. 5,0 ming ga yaqin maydon bog’va tokzor. Chorvachi- likda qoramol, qo’y va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino z-dlari faoliyat ko’rsatmoqda. Tumanda 90 umumiy ta’- lim maktabi, 2 lisey-internat, 2 kasb- xunar kolleji, 53 kutubxona, 15 qishloq klubi, shon-Shuhrat muzeyi, stadion va tennis kortlari bor. Tuman Markaziy kasalxonasi, 79 qishloq feldsher-aku- sherlik shohobchasi, 15 qishloq vrachlik ambo’latoriyasi, 75 qishloq vrachi punkti, dorixonalar mavjud bo’lib, 2300 ga yaqin oliy va o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1935 y.dan “kitob ton- gi” tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). Tu- manda kitob balandtog’rasadxonalar majmuasi faoliyat ko’rsatadi.