Ko’chatzor
Ko’chatzor — mevali, rezavor-me- Vali va b. o’simliklar ko’chatlar etish- tiriladigan er uchastkasi. Odatda, K. Z bo’limdan iborat bo’ladi. Birinchi bo’limda urug’dan payvandtag etishti- riladi. Buning uchun olma, nok va behi urug’lari gektariga 30-40 kg normada ekiladi. Tok, anor, anjir, smorodi- na, malina va b. mevalar ko’chatlari ham qalamchasidan shu bo’limda etishtiri- ladi. Urug’dan chiqqan niholdar kelgu- si yil erta bahorda ikkinchi bo’limga ko’chiriladi (qator orasini 70-75 sm, qatordagi tup orasini 20— 25 sm qilib ekiladi), tana yo’g’onligi 0,8—1 sm ga etganlari iyul—sent.da kurtak pay- vand qilinadi. Danakli meva niholdari urug’li meva niholdariga qaraganda tez o’sganidan, ularning danaklari (gektari- ga o’rik danagi 180— 800 kg, shaftoli da- Nagi 500-700 kg, olcha, gilos danagi 60— 150 kg) to’g’ridan-to’g’ri K.ning ikkinchi bo’limiga ekiladi, o’sha yiliyoq urug’li meva nihollari b-n bir vaqtda payvand qilinadi. Kelasi yili erta ko’klamda payvand qilingan joyning ustki qismi kesib tashlanadi, kurtakdan ko’kargan novdaga shakl beriladi (yana q. Payvand- lash). Shunday qilib, K.da qalamchasidan etishtirilgan ko’chatlar bir yilda, da- nakli meva ko’chatlari 2 yilda va urug’li meva ko’chatlari 3 yilda o’tqazishga tayyor bo’ladi. K.ning uchinchi bo’limida pay- vandtag etishtirish uchun urug’, payvand- tagga ulash va vegetativ ko’paytirish uchun qalamcha olinadigan daraxtlar va butalar o’stiriladi. Keyingi yillar- da 3-bo’limda dusen, paradizka va Jay- dari behi ko’chatlari o’stirilmoqda. Ularga payvandlangan meva daraxtlari pakana bo’lib, barvaqt hosilga kiradi. O’zbekistonda akad. R. R. Shreder nomi- dagi bog’dorchilik, uzumchilik va vino- chilik i.t. in-tining viloyatlarda joy- lashgan filiallarida yirik K.lar mav- jud. Shuningdek, shirkat, pudrat va yakka xo’jaliklardagi K.larda turli xil meva- lar ko’chatlari etishtiriladi. Ad.: Mir za eV M. M., Sobirov M. K,., Meva va tok ko’chatlari etishtirish, T., 1982; Mirzaev M., Sobirov M. Q., O’zbekistonda tokchilik, T., 1979. Reimboy Masharipov.