Kofermentlar

Kofermentlar [lot. so (cum) -birgalikda va fermentlar], koenzim- lar — ba’zi fermentlar tarkibiga ki- radigan, oksil xossasiga ega bo’lmagan quyi molekulali organik moddalar. K. apofermentlar b-n birikib, katalitik faol komplekslar hosil qiladi. Kimyo- viy tarkibiga ko’ra, K. alifatik, aro- matik, geterosiklik va turli organic moddalarga xos; ko’pchilik K. vitamin- lar (V,, V2, V6, RR va b.) va nukleotid- larning hosilalaridir. K. hayvon va o’simlik organizmlari hujayralarida, mikroorganizmlarda bor. Nikotinami – dadenindinukleotid (NAD), Nikotina- midadenindinukleotidfosfat (NADF), tiaminpirofosfat (TPF), flavina-de- nindinukleotid (FAD), koenzim A (ko- A), lipoid kislota, adenozintrifosfat kislota (ATF) va b. tabiatda eng ko’p tarqalgan K.dir K. preparatlari (ATF, TPF, FAD)dan tibbiyotda foydalanila- Di.