Kogan

Kogan (1935 y.gacha yangi Buxo- ro deb atalgan) — Buxoro viloyatidagi shahar (1929 y.dan); Kogon tumanining ma’muriy markazi. T.y. tuguni. Kashpir devor qoldiqlari ichkarisidagi obod erda. Viloyat markazi Buxorodan 12 km Jan.-sharkda, Buxoro—qarshi avtomo- bil yo’li yoqasida. Shahar 220 m baland- likdagi tekis erda joylashgan. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -0,6°, iyulniki 29,6°. Yillik yog’in 125 mm. Xargush kanalidan suv oladi. Mayd. 14,7 km2. Aholisi 53,3 ming kishi (2002), asosan, o’zbeklar, shu- ningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholisining AK- sari qismi t.y. transportida ishlaydi. O’tgan asrlarda K. o’rnida shu nomad qishloq va yirik somon bozori bo’lgan. Shahar nomining kelib chiqishi ham shu somon bozori b-n bog’liq degan taxminlar mavjud. Shundan kelib chiqib “kohkon” (KOH fors. — somon), ya’ni somon koni atamasi haqiqatga yaqinroq. Keyinchalik bu nom o’zgarib Kogonga aylangan bo’lishi mumkin. K. etimologiyasining boshqa, ishonchsiz variantlari ham bor. Shahar sanoat tarmoqlarining shakllanishi Buxoro amirligi davrida mahalliy aholi kuchi b-n qurilgan (1888) Zakaspiy (Krasnovodsk — Toshkent) t.y.ning yangi Buxoro orqali o’tishi b-n bog’liq. 1920-y. largacha K.da yog’z-Di qurilgan, toshbosma (unda Narshaxiyning “Buxoro tarixi” va b. asarlar bosilgan), t.y. idorasi qoshida maktablar, paxta firmalari, turli savdo banklarining bo’limlari ochilgan. Key- ingi davrda yangi sanoat korxonalari va madaniy ob’ektlar qurildi. Gazli —Ko- Gon gaz quvuri o’tkazildi, 1959 y.da gaz kompressor st-yasi barpo qilindi. K.da 20 dan ortiq yirik korxona fao- liyat ko’rsatadi. Paxta tozalash, yog’, gips- ohak z-dlari, 2 avtokorxona, Lokomotiv va vagon depolari va b. mavjud. K. Avto- mobil yo’llari orqali viloyat markazi va b. shaharlar b-n bog’langan. Shaharda 10 umumiy ta’lim maktabi, lisey, kasb- hunar maktabi, 2 madaniyat va istirohat bog’i, 2 klub, 3 madaniyat uyi, 9 jamo- at kutubxonasi, stadion, 20 dan ortiq sport inshootlari bor. 2 kasalxona (har 10 ming aholiga 33,6 vrach, 88,1 tibbiy hamshira) mavjud. K.da tarixiy-me’moriy yodgorli- klardan Shohmasjid, Shohinajib (Zirobod) masjidlari, Buxoro ami- ri Abdulahadxoniint 1894-1903 y. larda Evropa va Sharq uslublarini uyg’unlashtirib qurdirgan hashamatli sa- royi (1947 y.dan shahar temiryo’lchilari madaniyat saroyi) saqlanib qolgan.