Kogay Nikolay Andreevich
Kogay Nikolay Andreevich (1926.14.9, Rossiyaning Primore o’lkasi) — tabiiy geograf, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), geografiya fanlari D-ri (1972), prof. (1974). O’rta Osiyo Davlat un-tini (tosh- kent) tugatgan (1951). Mehnat faoliyati shu un-tda o’tgan. Geografiya f-ti decani (1975-1983), tabiiy geogr. kafedra- si mudiri (1975-83). Ilmiy faoliyati O’rta Osiyo (Turkiston) o’lkasi hududini regional tabiiy geografik rayonlashti- rish, O’zbekiston hududini agroiqlimiy sharoitini aniqlash va rayonlashtirish masalalariga bag’ishlangan. Bir qancha xarita va geografik atlaslarni nashr qilinishida qatnashgan. As: Turanskaya fiziko-geograficheskaya provintsiya, T., 1969; Agroklimaticheskie usloviya sel- skogo hozyaystva O’zbekistona, T., 1975 (xammuallif); Fizicheskaya geografiya Sredney Azii, 1-2 t., T., 1978-1979.