KO’K GUMBAZ MASJIDI

KO’K GUMBAZ MASJIDI – Qarshidagi me’moriy yodgorlik (16- a.). Shahar tashqarisiga quriladigan Namozgoh turidagi Chortoq tarhli xonaqoh-ayvonli inshoot. Peshtoq ki- tobasidagi yozuvda Abdullaxon II nomi saqlangan. Masjid (38,25×19,0 m) yon ay- vonlari 14,0×14,6 m, uch qismdan iborat. Markazda rejaga muvofiq asosiy xonaqoh tarhi 8×8 m, bal. 14 m, ikki yon qanotiga tomi qubbali (diametri 4 m), qo’sh ravoqli peshayvon joylashgan. Xonaqoh qo’sh gumbazli, tashqi ko’k gum- bazi (nomi ham shundan) saqlanmagan. Mehrob yuqorisi muqarnasli guldor o’simliksimon naqsh, ichki gumbaz osti bag’allariga 8 ta mayda ravoqchalar ish- lanib, oralikdagi bo’shliq to’rsimon bezak b-n pardozlangan. G’arbiy tarzi- dagi mehrob ravog’i tashqi tomonidan bir oz turtib chiqqan. Bezaklari 16-a. ga xos bo’lib, asosan (tashqi qismi peshtoq ravog’i, tashqi gumbaz, xonaqoh izorala- rida, sopol zaminida), ko’k, havo rang va oq bo’yoqlardan foydalanilgan. Inshoot hashami va o’lchamlari jihatidan Buxoro namozgohidan ancha yuqori bo’lgan. Qayta ta’mir (1970)da poygumbazdagi yozuvlar tiklangan. 1995-96 y.larda ta’mirla- nib, asl holatiga keltirilgan.