KO’K-YASHIL SUVO’TLAR
KO’K-YASHIL SUVO’TLAR (Cyanophyta) — suvo’tlar bo’limi. Hujayrasi yadrosiz. Tuzilishi, tarki- bi va genetik xususiyatlariga ko’ra Pro- kariolarga kiradi. Shuning uchun ular tsianobakteriyalar ham deyiladi. Pro- kariotlar bakteriyalar va tsianofitlarga ajratiladi. K.s. bakteriyalarga nisba- tan ancha murakkab tuzilgan; suvo’tlarga xos pigmentlari bo’ladi. Filogene- tik jihatdan eng qad. sodsa tuzilgan o’simlik hisoblanadi. K.s. hujayralari fotosintez qiluvchi organoidlar bo’lib, ularda karotinoidlar va qizil suvo’tlardagi singari maxsus pigment — fikobiliproteidlar bo’ladi. Rangi ko’k-yashil va qizg’ish, bir hujayrali va ko’p qujayrali ipsimon mikroskopik organizmlar; ko’pincha, o’z. 20 sm bo’ladi. Sporalar, akinetalar va iplarning bo’laqlari orqali ko’payadi. 3 ta sinfi (hamesifonsimon suvo’tlar, gormogon- Simon suvo’tlar) mavjud. Er yuzida keng tarqalgan. 2000 dan ortiqturi ma’lum. O’rta Osiyo suv havzalarida ossillato- riya, formidium, lingbiya turkumlariga mansub turlar uchraydi. K.s. suv va quruqlik muhitining tur- li xil sharoitida o’sadi. Ko’pchilik tur- lari havodagi erkin azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega. K.s. chuchuk suv va dengiz planktoni hamda bentosi tarkibiga ki- radi, tuproq yuzasida, harorati 80° gacha bo’lgan qaynoq suvli buloqlarda, bir qancha turlari ohaktosh konlarida o’sadi. Ular, ko’pincha, boshqa organizmlar: xlorofilni yo’qotgan bir qujayrali hayvonlar, zamburug’lar (lishayniklar tanasida), yo’sinlar, qirqquloqlar, sa- govniklar, gulli o’simliklar b-n simbi- otik munosabatga kirishadi (q. Simbi- oz). Havodagi erkin azotni o’zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi. Ko’pincha suv havzalarining “gullashi”ga sabab bo’ladi. Ayrim turlari (no- Stok, spiruliva) iste’mol qilinadi. Em-xashak va oziq-ovqat oqsili olish maqsadida K.s.ni sanoat miqyosida ko’paytirish ustida ish olib borilmok- da.