KO’KCHATOV

KO’KCHATOV (qozoqcha — ko’k tog’lar) -Qozog’iston Respublikasi. Shimoliy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1862 yildan), Ko’kchatov tog’larining shimol chekkasida Temir yo’l tuguni. Aholisi 123,4 ming kishi (1999). Ko’kchatov mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatlari markazlaridan biri. Har xil tarozilar ishlab chiqaradigan mexanika zavodi, kislorodli nafas olish apparatlari, avtomobil tuzatish zavodlari, kimyo kombinati, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, teatr, tarix-o’lkashunoslik muzeyi bor. Ko’kchatovga 1824 yil asos solingan.