KO’KCHATOV BALANDLIGI

KO’KCHATOV BALANDLIGI – Qizilqumda, Nurota tizma tog’laridan g’arbda, Navoiy viloyatida joylashgan. Janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa yo’nalgan. Uzunligi 12 kilometr, eni 1 kilometr. Eng baland joyi 322 metr. Janubi-Sharqiy yon bag’ri tikroq, quruq soylar bor. Tevarak atrofdan keskin ko’tarilib turmaydi. Ko’kchatov balandligi paleogen va neogenning gil, qumtoshlaridan tuzilgan. Cho’l qumli va bo’z qo’ng’ir tuproqlarda shuvoq, qo’ng’irbosh va rang tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi.