KO’KJARSOY

KO’KJARSOY — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi soy. Sangzor Daryosining eng yirik chap irmog’i. Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’irlaridan oqib to’shadigan 30 ga yaqin kichik soylarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi 24 kilometr. Qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yivadi. Bahorda to’lib oqadi. Yozning oxirida va kuzda suvi kamayadi. Ko’kjarsoy havzasi Zomin tog’-o’rmon davlat qo’riqxonasi bilan yonma-yon joylashgan, tabiati so’lim, o’simlik olami rang-barangdir.