Ko’kno’xat

Ko’kno’xat (Pisum), o’risnuxat -dukkaklilar oilasiga mansub bir yil- lik va ko’p yillik o’simliklar turkumi, dukkaqli don va sabzavot ekini. Evro- Pa, G’arbiy Osiyo, shim. Afrikada 6-7 turi uchraydi. Jahondagi ko’pgi-va mam- lakatlarda K.ning madaniy (P.sativum) turi ko’proq etishtirila-Di (uning ekma, dala, Osiyo, Kavkaz kenja turlari bor). Dehqonchilikda qadimdan (mil. AV. 4-a.dan) ekiladi. K. AQSh, Xitoy, Hindiston, Ukraina, Rossiyada ko’p eki- ladi. O’zbekistonda K. oraliq ekin va ko’kat o’g’it sifatida etishtiriladi. Na- msevar, sovuqqa chidamli ekin. Ildizi uq ildiz, ildizida tuganaqlar hosil bo’ladi (bir mavsum davomida 50-80 kg/ga sof biologik azot tuplaydi). Po- yasi utsimon, chirmashib o’sadi, navlari- ga qarab o’z. 70-120 sm. dan 300 sm gacha boradi. Bargi murakkab, juft patsimon, jingalaqlari bor. Guli kapalaksimon, turlariga qarab rangi oq, qizil, ko’k. Mevasi dukkak, cho’zinchoq, qilichsimon. Dukkagida 4-10 ta don bo’ladi. 1000 ta donning vazni 100-250 g. Urug’i 1-5° da unib chiqadi. Maysasi -3 -8° sovuqqa chidaydi. O’sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 17-20°. Vegetasiya davri 75-100 (45-120) va undan ortiq kun. O’zidan changlanadi. K.ning doni oqsilga boy. Donidan oziq-ovqat (yorma, un, ko’k dumbul no’xatidan konservalar) va poyasidan xashak (ko’k massa, pichan, sevaj, somon) tayyorlanadi. Ko’k no’xati tarkibida 6,5% oqsil, 11,0% uglevodlar, 4,2% qand, 1% kletchatka, vitaminlar, mikroelementlar bor. K. doni aralash em sanoatida ko’p ishlatiladi (1 ozuqa bir- ligida 150 g dan ko’proq hazm bo’ladigan protein mavjud). K. em-xashak, ko’zgi g’alla, sabzavot ekinlaridan bo’shagan erdarga ekiladi. Asosan, erta bahorda, ba’zan ko’zda (okt. oyida) tor va keng qatorlab (chirmashib o’sadigan navlariga tayanch o’simliklar — suli, arpa qo’shib) ekiladi. Hosildorligi don bo’yicha 20— 40 ts/ga. O’zbekistonda shirin va nim shirin navlari ko’k dukkagi va don uchun etish- tiriladi. Xashaki K.ning ekiladigan na- vlari: Vostok 84, Vostok 55 (2001)