KO’KSARAKSOY

KO’KSARAKSOY – Namangan viloyati Chust tumanidagi soy. Chatqol tizmasining Janubiy-Sharqiy yon bag’ridan Qo’ldambassoy nomi bilan boshlanadi. Yuqori qismida Janubi-sharqqa, quyi qismida esa Janubga oqadi. Suvi ariqlarga bo’linib, Sirdaryoga yetmasdan (Qoraqo’rg’on qishlog’i yaqinida) tugaydi. Uzunligi 36 kilometr, havzasining maydoni 176 kilometr kvadrat. Asosan, yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. Suvi mart — aprelda ko’payadi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,8 metr kub/sekund. Kuchli jala vaqtlarida suv sarfi 20— 30 metr kub/sekundga yetadi. Ko’ksaraksoy suvi bilan Chust tumanidagi yerlar sug’oriladi.