Ko’l temir rudasi
Ko’l temir rudasi – ko’llarning tubida hosil bo’ladigan temirli jin- slar. Ko’lga suv b-n oqib kelgan gil holidagi temir birikmalarining cho’kishidan hosil bo’ladi. Mineral tar- kibi, asosan, limonit (HFeO2nH2O) dan iborat. Eng avval vodorod sulfide (H2S) gazi ko’plab hosil bo’ladi va u kolloid holatdagi temir birikmasi b-n qo’shilib, temir disulfid (pirit)ni hosil qiladi. K.t.r. boshqa yo’l b-n paydo bo’lgan temir rudasidan o’zining tarki- bida oltingugurt borligi b-n ajralib turadi. K.t.r., odatda, mayda dumaloq donali tuzilishda tuproqsimon yumshoq yoki qo’ng’ir temirtosh va gil mineral- lari b-n biriktirilgan zich holda uch- raydi. Qatlamlar, qatlamchalar va Lin- zalar shaklida tuplanadi. Ko’ng’ir, to’q qo’ng’ir, qizg’ish yoki sariq rangli bo’ladi. Tabiiy bo’yoq olishda foydalaniladi. Sanoat ahamiyatga ega bo’lmagan K.t.r. O’zbekistonning quyi yura, bo’r va neogen yotqiziklarida tarqalgan.