KOLON

KOLON — Panamadagi shahar, mansalino yarim orolida. Kolon provintsiyasining ma’muriy markazi. Mamlakatning Karib dengizi tomonidan Panama kanaliga kiraverishdagi muhim savdo porti (erkin savdo zonasi). Aholisi 140 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Navigatsiya jihozlari, elektrotexnika buyumlari, to’qimachilik mahsulotlari, kiyimlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat, farmasevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. 19-asrga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. X. Kolumbga haykal o’rnatilgan. Shaharga 1850 yilda asos solingan.