Komediya
Komediya (Yun. komodia — xushchaqchaq olomon) — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili ko’rsatilgan drama turi. K.da ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va xarakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi b-n tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eski- rib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kul- gili ahvolga tushib qoladi. Bo’larni qalamga olish orqali K. yara-tiladi. K. Yunonistonda Xudo Dionis shara- figa o’tkazilgan xalq bayramlarida pay – do bo’lgan. Yorqin siyosiy K.lar yaratgan Aristofan (mil. AV. 5-4-a.lar) K.ning “otasi” hisoblanadi. Kds. Rimda (mil. AV. 3-2-a.lar) Plavt va Terentsiy atokli K.chilar bo’lishgan. Uyg’onish davri evro- Pa adabiyotida V.Shekspir va B.Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) K.lari katta o’rin tutadi. 17-18-a.larda K.da realistik mayllarning kuchayishida J.B.Moler va P.Bomarshe (Frantsiya), K.Goldoni (Italiya), G.Lessing (Ger- maniya), R.Sheridan (Angliya) ijodi qo’l keldi. K.ning 19-20-a.lardagi rivoji B.Shou, B.Brext, Sh.O’Keysi, B.Nushich, J.Anut, N.Gogol va b. ijodi b-n bog’liq. O’zbek adabiyotida Evropa adabiyoti andozasidagi K.lar 20-a.da paydo bo’ldi. Bu janr taraqqiyotiga -Hamza (“maysa- raning ishi”), Abdulla Qahhor (“tobut- dan tovush”), Sayd Ahmad (“Kelinlar qo’zg’oloni”), Erkin Voqidov (“Oltin de- vor”), Hamid G’ulom (“Toshbolta oshiq”), Bahrom Rahmonov (“Surmaxon”), Sharof Boshbekov (“temir xotin”) va b. munosib hissa qo’shdilar. K.ning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tug’diradigan (V. Shekspirning “Xato- lar komediyasi”), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, “Maysaraning ishi”), kishilar xarakteridagi bema’ni xususiyatlar kulgili qilib ko’rsatilgan (Moler, “Tartyuf”; A.Qaxlor, “Aya- jonlarim”; E.Vohidov, “Oltin devor”) K.lar mavjud. Shuningdek, K.lar kulgi- ning tavsifiga ko’ra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida g’azab- nafrat uyg’otadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N.Gogol, “Revizor”, A.Qahhor, “Tobutdan tovush”), yumori- stik K. (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tug’diradigan K.— Gossi, “Malikai Turandot”, Sayd Ahmad, “Kelinlar qo’zg’oloni”, Hamid G’ulom, “Toshbolta oshiq”) va Tragikome- diya (tragik va komik holatlar mujassam- lashgan — R.Muhammadjonov, “Suyun- chi” filmi) turlariga bo’linadi. 20-a. da K.ning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi. Ad.: Fe D N . B ., Iskusstvo komedii, ili Mir skvoz smex, M, 1978.