Komil Xorazmiy
Komil Xorazmiy (taxallu- si; asl ismi Paqlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o’g’li) (1825 — Xiva — 1899) — o’zbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbo- bi. Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targ’ibotchilaridan biri. Xiva ma- drasasida o’qigan. Arab va fors tillari- ni mukammal bilgan. Sharq adabiyoti na- moyandalari ijodini, mumtoz musiqani, xattotlik sirlarini qunt b-n o’rgangan. 25-30 yoshlarida shoir sifatida ta- nilgan. Ogahiy uning nomini o’zining “Gulshani davlat” kitobiga kiritgan. Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II uni mirzaboshilik vazifasiga ko’targan. Ros – siya b-n Xiva xonligi o’rtasida imzolan- gan sulh shartnomasi (Gandimiyon shar- tnomasi) K.X. qo’li b-n yozilgan (1873). So’ngra saroyda devonbegi (1873-80), mirzaboshi lavozimlarida ishlagan (1880 y.dan). Xorazmda birinchi bo’lib bosmaxona tashqil etgan (1880-81). K.X. Sharq mumtoz musiqasi, xususan, maqomchilik an’analarini rivojlanti- rishga homiylik qilgan, o’zbek kuylari- ni yozib olish uchun “tanbur chizig’i” deb ataluvchi nota tizimini joriy etgan. Bu o’ziga xos notada “rost” maqomining bosh qismini yozgan. O’g’li Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni da- vom ettirib, Xorazm “Shashmaqom”ining qolgan ashula va cholg’u yo’llarini to’la notaga olgan. “Rost” maqomiga bog’langan “Murabbai Komil” va “Peshravi Fero’z” kuylarining notasi bizgacha etib kel- gan. K.X. Moskva va Peterburg sh.lariga 2 marta safar qilgan (1873, 1883). 1891, 1896— 97 y.larda esa Toshkentga kelib, bu erdagi madaniy yangiliklar haqidagi “Dar bayoni ta’rif va tavsif Toshkand” (“Toshkent ta’rifi va tavsifi bayoni- da”) qasidasini bitgan. Bu qasida o’zbek adabiyotida ijtimoiy taraqqiyotni aks ettirgan dastlabki yirik she’riy asar- lardan bo’lib, unda yangi, zamonaviy ma- daniyat ulug’lanadi. K.X. Sharq mumtoz shoirlari an’- analari ruhida lirik she’rlar yozgan, devon tuzgan. Bu devonda 8000 misradan ortiq she’r bo’lib, ular g’azal, murabba, muhammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida, muammo kabi janrlarda yozil- gan. Ularda chin insoniy fazilatlar ulug’langan, jaholat qoralangan, ishq- muhabbat tarannum etilgan. K.X.ning deyarli barcha janrdagi asarlarida ij- timoiy tanqidga keng o’rin berilgan, ayrim misralari aforizm darajasiga ko’tarilgan (“falak zulmi bir yonu, bir yon alar…”va b.). Shayx Sulaymon Buxo- riy o’zining mashhur “lug’oti chig’atoyi va turki Usmoniy” (“Chig’atoycha va Usmoniy turkcha lug’at”) asarida K.X.ning ijodi- dan o’rinli foydalangan va Xorazm sheva- sidagi ko’pchilik so’zlarning ma’nosini uning she’rlari orqali izohlab bergan. K.X. 1865 y.da barxurdor bin Mahmud turkman Farohiynmng (adabiy taxal- Lusi mumtoz) “Mahbub ul-qulub” (bu asar ayrim manbalarda “Mahfiloro” — “Majlisga ziynat beruvchi” deb ham yuritiladi) hamda 1869-70 y.larda Faxriddin Ali Sayfiyning “Latoy- if at-tavoyif” (“turli toifalarning latifalari”) asarlarini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy “Hamsa”sining birinchi xo- razm toshbosma nashriga so’zboshi yozgan. K.X. devoni qo’lyozmalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo’lyozmalar fondida saqlanadi (inv. №1849, 1025). M.Yunusov, F.Karimov, A.Hayitmetov, va b. olimlar K.X. ijodini tadqiq etgan- lar. As: Devon. T., 1975. Ad.: Yunusov M., Komil Xorazmiy, T., 1960; asrlar nidosi [majmua], T., 1982.