Komplementarlik

Komplementarlik (lot. sot- plementum — to’ldiruvchi), molekulyar biol.da — bir-birini to’ldiruvchi tu- zilma (makromolekula, radikal)larning bog’lanishini ta’minlovchi va ularning kimyoviy xususiyatlarini aniqlovchi o’zaro muvofiqlik. Komplementar tu- zilmalarning mustahkamligi va noyo- bligi yuqori darajada tanlash va atom guruhlari yoki zaryadlarning o’zaro ta’- sir ko’rsatish maydonining miqyosi b-n aniqlanadi. Bu jarayon “qulf-kalit” ta- moyili asosida amal qiladi. Antigen— antitelo, ferment — substrat, nuklein kislotalarning ikkilamchi tuzilmasi shular jumlasiga kiradi. Nuklein kis- lotalar zanjirining komplementarligi ular tarkibiga kiradigan azot asoslari- ning o’zaro ta’siri b-n aniqlanadi. Mas, bir zanjirdagi adenin (A) qarshisida ikkinchi zanjirda timin (T) yoki ura- Tsil (u), guanin (g) qarshisida esa TSITO- zin (Ts) bo’lgandagina har ikkala zanjir o’rtasida vodorod bog’lar hosil bo’ladi. K. irsiy belgilarning saqlanishi va nasldan-naslga o’zatilishida yagona vo- Sita va universal mexanizm bo’lishi tax- min qilinadi.