Komponentlar
Komponentlar (termodinami- ka va kimyoda), mustaqil komponentlar — termodinamik sistemani tashqil eta- digan, kimyoviy jihatdan individual hisoblanadigan moddalar. K. deganda sistemani tashqil etadigan moddalar- ning umumiy soni emas, balki uning har qanday fazasining tarkibini ifoda- lash uchun etarli bo’lgan moddalar soni tushuniladi. Mas, kaltsiy oksid (Sao) va karbonat angid-Rid (SO2)dan tashqil topgan sistemada Sao + SO2 ^± Saso, reaktsiyasiga muvofiq kaltsiy karbonat (Saso2) hosil bo’ladi. Bu sistemada Sao va so, mustaqil K., SaSO3 esa shu K.ning birikish mahsulidir. Shuning- dek, Sao va SaSO3 ni teng xuquqli K., So, ni esa SaSO3 ning termik dissosia- tsiyasi mahsuli deb qarash mumkin. Kimyo- viy sistemalarni tashqil etadigan mod- dalar o’zaro reaktsiyaga kirishadi va shu sababli bu sistemalarda K. soni tashqil etadigan moddalar soni b-n ro’y berishi mumkin bo’lgan mustaqil reaktsiya soni orasidagi farq b-n aniqlanadi. Agar sistemani tashqil etadigan K. o’zaro re- aktsiyaga kirishmasa, bu sistema fizik sistema deyiladi (mas, benzol-gliserin- ning suyuq aralashmasi). Bunday sistema- larda K. soni sistemani tashqil etuvchi moddalar soniga teng. K. soniga karab 1 komponentli, 2 komponentli, 3 kompo- nentli va ko’p komponentli sistemalar bo’ladi. K. tushunchasini fanga 1875-76 y.larda amerikalik fizik J.I.Gibbs ki – ritgan.