Komstok qurti

Komstok qurti, kometok cherve- TSI (Psiudococcus comstocki Huw.) — kok- tsidiyalar kenja turkumiga kiradigan hasharot, ichki va tashqi karantin ob’- ekti. Birinchi marta 1890 y.da AQShning Kaliforniya shtatida D.Komstok tomoni- dan topilgan. Urg’ochisining tanasi uzun- ligi 3-4 mm, tuxum qo’yish davrida 5-6 mm ga etadi. Tanasi oq mumsimon parda b-n qoplangan, chetlarida 17 juft mum- Simon o’siq, shu jumladan, tana uzunli- gining yarmigacha boradigan ikkita dum ipi bor. Ko’zlari yirik, mo’ylovlari 8 bo’lim-li, erkagi 1,2—1,5 mm uzunlik- da, qanotli, tusi qizg’ish, ko’zlari qora, qizil doiralar b-n o’ralgan. Mo’ylovlari 10 bo’g’imli. Urg’ochisi 600 ga yaqin tu- xum qo’yadi. Tuxumining kattaligi 0,3 mm, oval shaklda. Daraxtlar kovagida, o’simlik ildizlarida, xazon orasida, devor yoriqlarida tuxumlik bosqichida qishlaydi. Bir yilda 3-4 avlod beradi. Apr. oy- ida tuxumdan chiqqan qurtlar zararlagan tut daraxti novdalari qing’ir-qiyshiq bo’lib, barglar sarg’ayadi va qurib qoladi, daraxt tanasi, ildizlari va shoxlarida shish va yoriqlar hosil bo’ladi. Qurt te- zagi b-n ifloslangan tut bargi esa ipak qurti uchun zararlidir. K.q. tut daraxtidan tashqari, shaf- toli, anor, makkajo’xori, kartoshka, karam, pomidor, qovun, tarvo’z va bir qator boshqa ko’pgina daraxtsimon va o’tsimon o’simliklarning tanasi, po- yalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, g’uncha, gullari, mevalariga va 5-6 sm chuqurlikda tuproqsagi ildizlari- ning yuqori qismiga zarar et-kazadi (oq momiqqa o’xshagan qoldiq qoldiradi). K.q. O’zbekistonga 1939 y.da Yaponiyadan keltirilgan tut ko’chatlari b-n kelib qolgan. Kurash choralari: eng afzali bio- logik usul. K.q.ning kushandasi bo’lgan psevdafikusni ko’paytirib, zararlangan hududlarga tarqatish lozim. Agrotexni- ka tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish; be- gona o’tlar, ko’zda xazonlarni va qurigan shox-shabbalarni yig’ishtirib yoqib tash- lash; ekiladigan yangi ko’chatlarni Max- sus xonalarda dezinfektsiya qilish shart (q. Cherveslar). Sulton Ashmuhamedov, Norqo’zi Ergashev.